У нас есть только
оригинальные песни

Makkada haj paytida kran qulashi oqibatida 50 dan ziyod ziyoratchilar halok bo'ldi

calendar 11.09.2015
3916

Saudiya Arabistonida Makkada haj paytida qurilish krani qulashi oqibatida kamida 52 kishi halok bo'ldi va 30 kishi jarohat oldi. Bunday ma'lumotlarni mamlakat fuqarolik mudofaasi vakiliga iqtibos keltirgan holda "Al-Arabiya” telekanali keltirib o'tdi. 

Fojia al-Harom masjidida yuz berdi. Qurbonlardan ko'pini haj amalini ado etgani kelgan ziyoratchilar tashkil qildi. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, qurilish kranining ag'darilishiga kuchli shamollar sabab bo'lgan. Ayni paytda Makka va qirollikning bir qator shaharlarida kuchli bo'ron kuzatilmoqda.

Al-Masjid al-Harom masjidida islom dinining bosh qadamjosi – Ka'ba saqlanadi. 
Saudiya Arabistoni bu masjidda ikki yildan beri katta miqyosdagi rekonstruktsiya ishlarini olib bormoqda.

Haj safarining Makka va Madinadagi muqaddas qadamjolarda ado etiladigan asosiy marosimlari 21-26 sentyarbda bo'lib o'tadi. Haj ziyorati bu yil 23 sentyabr kuni nishonlanishi belgilangan musulmon ahlining asosiy bayramlaridan biri – Iyd Al-Adhning nishonlanishi bilan o'z nihoyasiga etadi.

Яндекс.Метрика