У нас есть только
оригинальные песни

Makoley Kalkin “Uyda yolg‘iz” filmida ulg‘aygan qahramonning rolini ijro etdi

calendar 18.12.2015
2616

“Uyda yolg‘iz” filmlari turkumida bosh qahramon rolini ijro etgan aktyor Makoley Kalkin ulg‘aygan Kevin Makkallister rolini ijro etdi. Bu haqda NME xabar qilmoqda.

:DRYVRS veb-serialida 35 yoshli Kalkin avtomashinani boshqara olmaydigan haydovchi rolini ijro etgan. Natijada, yo‘lovchi avtomashinani boshqarishga o‘tadi va haydovchi unga o‘zining tarixini hikoya qiladi. Taksi haydovchisi o‘zini tanishtirmasa-da, u yoshligida ruhiy jarohat olganligini ma’lum qiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sakkiz yoshligida ota-onasi uni esdan chiqarib, Rojdestvo bayramida uyda qoldirgan va u bir hafta davomida yolg‘iz yashashga majbur bo‘lgan.

“Uyda yolg‘iz” filmining birinchi seriyasi 1990-yilda namoyish etilgan. Yetti oy davomida kartina 476,6 million dollar miqdorida daromad keltirgan. 1992-yilda esa filmning sikveli “Uyda yolg‘iz 2: Nyu-Yorkda yo‘qolgan” taqdim etilgan. Ushbu kartinalardagi bosh rolni Makoley Kalkin ijro etgan.

Яндекс.Метрика