У нас есть только
оригинальные песни

Maksim Galkin Alla Pugachyovani tug‘ilgan kuni bilan ta’sirli tarzda tabrikladi

calendar 17.04.2016
1655

Qiziqchi Maksim Galkin ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘z rafiqasi Alla Pugachyovani 67 yoshi bilan tabrikladi.

U ijtimoiy tarmoqqa oilaviy fotosuratni joylab, ta’sirli she’rni ilova qildi. Suratda er-xotin o‘z farzandlari Garri va Liza bilan birga aks etgan.

“Hayotingda eng samimiy, eng qadrli, eng mehribon, eng sodiq, eng zarur, eng ahil, ishonib bo‘lmaydigan, biroz imkonsiz, shunchaki quvonchli, sevimli, ammo albatta takrorlanmas narsalarni tilab qolaman”, — deb yozdi Galkin.

Alla Pugachyova 15-aprel kuni 67 yoshini qarshi oldi. U tug‘ilgan kunini dabdabali ziyofat o‘rniga yaqinlari davrasida tinchgina nishonladi.

Яндекс.Метрика