У нас есть только
оригинальные песни

Maksim Galkin ilk uchrashuvda Alla Pugachyovani qanday rom etganini ma’lum qildi

calendar 23.12.2015
1423

Maksim Galkin samimiy intervyu berib, Alla bilan birgalikdagi turmushi va ularning ilk uchrashuvi haqida aytib berdi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar qilmoqda.

“Biz bir-birimizni sevamiz. Alla ketganda, yoki men o‘zimning gastrollarim bilan ketganimda, uyda qolgan kishi uyumizning avvalgidagidek bo‘lmay qolganligini his eta boshlaydi. Biz bir-birimizning ajralmas qismi bo‘lib qoldik va shunday bo‘ldiki bizning barcha farqli jihatlarimiz bir-biriga mos tushdi. Axir o‘rtamizda deyarli sinashish davri bo‘lmagan. Bizni taqdir uchrashtirdi. Ko‘p yillar oldin, men Allani birga raqs tushishga taklif etdim va hammasi shundan boshlandi”, ― dedi Galkin.

Shuningdek, Maksim “Biz 14 yil birgamiz va bu ajoyib. Asosiysi – biz bir-birimizdan charchamaymiz. Men uning orzusidagi erkak timsoliga javob bera oldim. Alla ko‘zoynak taqqan, aqlli va kamtarin ― xuddi menga o‘xshagan ziyolilarni sevadi”, ― deya ma’lum qildi.

Яндекс.Метрика