У нас есть только
оригинальные песни

Maktabgacha ta`lim muassasalari endi bolalarni 3 yoshdan qabul qiladi

calendar 14.08.2017
1762

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi "Maktabgacha ta`lim muassasalari faoliyatini takomillashtirishto'g'risida"gi 528-sonli qarori chop etildi. "Norma.uz" sayti maktabgacha ta`lim muassasasi (MTM) faoliyatiga doir qoidalar haqidagi ma`lumoti bilan bo'lishdi.

Unga ko'ra, MTM maqsadlari quyidagilardan iborat:

  • bolalarni har tomonlama intellektual, ahloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish;
  • bolalarni ta`lim va tarbiya orqali maktabga sifatli tayyorlash;
  • bolalarni maktabgacha ta`limga jalb qilish.

Davlat maktabgacha ta`lim muassasasida besh kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi:

  • 12 soatli;
  • 10,5 soatli;
  • 9 soatli;
  • 4 soatli.

Davlat maktabgacha ta`lim muassasasiga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalar qabul qilinadi (avval bu ko'rsatkich 2-6 yoshni tashkil qilgan, alohida holatlarda 7 yoshgacha qatnashga ruxsat berilgan).

Bolalarni MTMlarga qabul qilish uchun qabul komissiyalari tuziladi. Ushbu komissiyalar 5 nafar kishidan iborat bo'ladi.

  • qabul komissiyasi raisi — xalq ta`limi muassasalari faoliyatini metodik ta`minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'limi mudiri;
  • qabul komissiyasi a`zolari — davlat maktabgacha ta`lim muassasasi mudiri, metodisti va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi vakili.
  • qabul komissiyasi kotibi — xalq ta`limi muassasalari faoliyatini metodik ta`minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'limining maktabgacha ta`limi bo'limi mutaxassisi.

Davlat MTMlariga yo'llanma olish uchun ota-onalar yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar (keyingi o'rinlarda ota-onalar deb ataladi) tomonidan qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  • davlat maktabgacha ta`lim muassasasiga qabul qilish bo'yicha yo'llanma berish to'g'risida ariza;
  • bolaning tug'ilganlik haqidagi guvohnomasining nusxasi;
  • bolaning otasi yoki onasining pasport nusxasi;
  • yashash joyidan ma`lumotnoma;
  • ota-onasining ish joyidan ma`lumotnoma (agar ishlasa).

Taqdim etilgan hujjatlar qabul komissiyasi tomonidan yetti kun muddatda ko'rib chiqilib, quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:

  • bolani ota-onalar tomonidan yozilgan arizada ko'rsatilgan davlat maktabgacha ta`lim muassasasiga qabul qilish uchun yo'llanma berish to'g'risida;
  • ota-onalar tomonidan yozilgan arizada ko'rsatilgan davlat maktabgacha ta`lim muassasasida bo'sh o'rin bo'lmagan hollarda topshirilgan hujjatlarni navbatga qo'yish to'g'risida;
  • ota-onalar tomonidan yozilgan arizada ko'rsatilgan davlat maktabgacha ta`lim muassasasida bo'sh o'rin bo'lmagan hollarda, ota-onalarning xohishiga ko'ra tegishli hududdagi bo'sh o'rin (joy) mavjud bo'lgan boshqa davlat maktabgacha ta`lim muassasasiga yo'llanma berish to'g'risida.

Qabul komissiyasining qarori haqida uch kun muddatda ariza beruvchilarga ma`lum qilinadi.

Яндекс.Метрика