У нас есть только
оригинальные песни

Malaxovning “Birinchi kanal”dagi o‘rnini Menshova va Galkin egallaydi

calendar 31.08.2017
1026

Rossiyaning “Birinchi kanal”ida efirga uzatiladigan, avvallari Andrey Malaxov boshlovchilik qilgan “Segodnya vecherom” ko‘rsatuviga Maksim Galkin hamda Yuliya Menshova yangi boshlovchi etib tayinlanishi mumkin. Bu haqda ko‘rsatuvning suratga olish guruhidagi manbasiga asoslanib “RBK” xabar berdi.

“Ha, ko‘rsatuv yangi mavsumda davom etadi va uni Yuliya Menshova bilan Maksim Galkin olib boradi”, — deydi “RBK” suhbatdoshi.

Manbaning ma’lum qilishicha, dastur 2-sentabr kuni efirga uzatiladi. “RBK” bilan suhbatlashgan Galkin ushbu ma’lumotga izoh berishni istamadi. “Men suratga olish maydonchasidaman”, — deya Galkin go‘shakni qo‘yib qo‘ygan. Menshova ham izoh berishdan bosh tortgan.

 

Яндекс.Метрика