У нас есть только
оригинальные песни

Malayziyadagi uchta egasiz samolyotning egasi topildi

calendar 11.12.2015
1378

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahar aeroportida topilgan uchta egasiz samolyot Swift Air Cargo yuk tashuvchi aviakompaniyasiga tegishli bo‘lib chiqdi. Bu haqda aviakompaniya vakillari bergan ma’lumotlarga asosan Meduza xabar qilmoqda.

Swift Air Cargo bayon qilishicha, ular samolyotlarni 2015-yil iyun oyidan buyon olib ketolmay turibdi. Bayonot bilan birga aviakompaniya Boeing’larni xarid qilganligini tasdiqlovchi pattalarni ham namoyish qildi.

Kuala-Lumpur shahar aeroportiga xizmat qiluvchi Malaysia Airports Holdings Berhad kompaniyasi bu hujjatlarga e’tiroz bildirmoqda.  Boshqaruvchi direktor Badlisham Gazalining ta’kidlashicha, kompaniya samolyotlarning bir nechta taxminiy egalarini topgan, lekin laynerlar ularning aynan qaysi biriga tegishli ekanligini aniqlay olmayapti.

Malaysia Airports Holdings Berhad kompaniyasi Swift Air Cargo’ning ayblovlariga hozircha javob bergani yo‘q.

Яндекс.Метрика