У нас есть только
оригинальные песни

Manba: Frantsiyadagi tartibsizliklar Kreml tomonidan uyushtirilgan

calendar 19.06.2016
1220

Buyuk Britaniya hukumatining yuqori martabali amaldorlaridan birining fikricha, Frantsiyada rossiyalik va angliyalik ishqibozlar o'rtasida to'qnashuvlar ro'y berishi Kreml tomonidan tashkillashtirilgan. Bu haqda The Guardian nashriga asoslanib, Tribuna.uz xabar bergan.

Manba ma'lumotiga ko'ra, to'qnashuvlarda ishtirok etgan rossiyalik muxlislarning ko'pchiligi aslida Rossiyada kuchishlatar tizimlar vakillari hisoblanishadi.

Nashrning qayd etishicha, fanatlar etarlicha uyushgan holda harakat qilgan va ularning har bir harakatlari oldindan muvofiqlashtirilgan.

"Bu hodisalar Putinning gibrid urushini kengaytirishdagi harakatlari davomidir", deyilgan xabarda.

Eslatib o'tamiz, 11 iyun kuni Еvropa chempionati guruh bosqichining 1-turi doirasida Marsel shahrida bo'lib o'tgan Rossiya va Angliya terma jamoalari uchrashuvidan oldin ikki terma jamoa muxlislari o'rtasida shaharda bir necha bor to'qnashuvlar bo'lib o'tdi va o'nlab kishilar jarohatlandi.

O'yin tugagach esa, "Velodrom" stadionidagi rossiyalik muxlislar guruhi ingliz fanatlar o'tirgan tribunaga bostirib kirib, inglizlarni kaltaklashdi hamda bayroqlarini tortib olishdi. Tribunadagi vaziyat yuzasidan UЕFA Rossiyaga qarshi intizomiy ish ochib, Rossiya futbol ittifoqini 150 ming evro miqdorida jarimaga tortdi hamda milliy terma jamoani shartli ravishda turnirdan chetlatdi.

Keyinroq, Marsel ko'chalaridagi tartibsizliklar bo'yicha Frantsiya hukumati rossiyalik 3 nafar muxlisga qamoq jazosi tayinladi.

Ayni vaqtda ikki nafar angliyalik muxlis bolg'a va armatura parchasi bilan berilgan zarba tufayli koma holatida qolmoqda. Britaniya politsiyasi vakili Mark Robertsning so'zlariga ko'ra, rossiyaliklarning hujumlari "keyingi 10 yil ichida eng jiddiy va muvofiqlashgan holda" amalga oshirildi.

Rossiyalik muxlislar etakchisi Aleksandr Shprigin Frantsiyadan deportatsiya qilingan. U tartibsizliklarda ishtiroki uchun qo'lga olingan 43 nafar rossiyalik muxlisdan bir edi.

O'z navbatida rasmiy Moskva Frantsiya hukumatini "aksilrus kayfiyatini qutqulash"da ayblamoqda.

Яндекс.Метрика