У нас есть только
оригинальные песни

«Manchester Siti» Angliyaning 5 karra chempioni

calendar 15.04.2018
789

«Manchester Siti» muddatidan avval Angliya chempionatining 2017/18 yilgi mavsumi g'olibiga aylandi.

Premer-liganing 34-turida «Man Siti» safarda «Tottenhem»ni yenggandi (3:1),  «Manchester Yunayted» esa bugun «Vest Bromvich»ga yutqazdi (0:1).

Jamoalarda mavsum yakuniga qadar 5 o'yin o'tkazishadi (ikki jamoada ham zaxiradagi bir tur bor), oradagi farq esa 16 ochkoni tashkil qilmoqda va endi Joze Mourino jamoasi qolgan turlarda qanday natijalar qayd etilishidan qat`i nazar Pep Gvardiola jamoasini quvib yeta olmaydi.

Shu tariqa, «Manchester Siti» Angliya chempionati oliy divizionida beshinchi marta g'oliblikka erishdi (1936/37, 1967/68, 2011/12, 2013/14, 2017/18).

Яндекс.Метрика