У нас есть только
оригинальные песни

«Manchester Siti»da yana g'alaba va turning boshqa natijalari

calendar 03.01.2018
885

«Manchester Siti» Angliya Premer ligasining 22-turi doirasida «Uotford»ni qabul qildi. «Etihad» stadionida kechgan bellashuv mezbonlarning 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

G'olib jamoa safida Rahim Sterling va Serxio Aguero to'p kiritdi, «Uotford» himoyachisi Kristian Kabazel esa avtogol muallifiga aylandi. Mehmonlar safida Andre Grey o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. Shu tariqa, «Manchester Siti» APLning joriy mavsumida mag'lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi va endilikda 22 uchrashuvda 20 g'alabaga ega.

«Manchester Siti» (62 ochko) Angliya Premera ligasi turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda va ikkinchi o'rinda borayotgan «Manchester Yunayted»ni 15 ochkoga ortda qoldirmoqda. «Uotford» (25) o'ninchi pog'onada.

Bu turda «Suonsi Siti» «Tottenhem Hotspur»ni qabul qildi. «Liberti» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlar jamoasining 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

G'oliblar safida gollarga Fernando Lorente va Dele Alli mualliflik qilishdi. Uchrashuvda hisobni ispaniyalik hujumchi ochgandi, bu uning «Tottenhem» safidagi birinchi goliga aylandi. E`tiborli jihati u aynan «Suonsi»dan 2017 yil yozida Londonga kelgandi.

Tur doirasidagi boshqa uchrashuvlarda«Sauthempton» «Kristal Pelas»ga yutqazdi (1:2), «Vest Hem Yunayted» oxirgi daqiqalarda urilgan gol evaziga «Vest Bromvich Albion»ni yengdi (2:1).

Angliya chempionati
22-tur

Manchester Siti – Uotford 3:1 (2:0, 1:1)
Gollar
: 1:0 – 1 Sterling, 2:0 – 13, Kabasele avtogol, 3:0 – 63 Aguero, 3:1 – 82 Grey.
Manchester Siti – Ederson, Uoker, Stounz (Danilo, 67), Otamendi, Delf, de Bryuyne (Bernardu Silva, 79), Fernandino (Ture, 71), Silva, Sterling, Aguero, Sane.
Uotford – Gomes, Yanmat, Vage, Kabasele, Zegelar, Uotson (Pereyra, 61), Kapu(Kleverli, 61), Risharlison (Sinkleyr, 82), Dukure, Karrilo, Grey.
Ogohlantirishlar: Silva (24), Pereyra (83).

Suonsi – Tottenhem 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 12 Lorente, 0:2 – 89 Alli.
Suonsi – Fabianski, Ranxel (Narsinx, 53), van der Xorn, Fernandes, Mouson, Olsson, Sanshesh, Klukas, Kerroll (Rautledj, 78), Dayyer (Makberni, 70), Ayyu.
Tottenhem – Loris, Tripper, Sanches (Vanyama, 59), Vertongen, Devis, Eriksen, Dayyer, Lamela (Sissoko, 77), Alli, Son Xin Min, Lorente (Keyn, 68).
Ogohlantirishlar: Olsson (10), Sanches (31), Lamela (64), van der Xorn (79).

Vest Hem – Vest Bromvich 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 30 Makkleyn, 1:1 – 59 Kerroll, 2:1 – 90 Kerroll.
Vest Hem – Adrian, Rid, Ogbonna, Kressuell (Rays, 76), Sabaleta, Kuyate, Obiang (Nobl, 46), Masuaku (Ernandes, 73), Arnautovich, Lansini, Kerroll.
Vest Bromvich –    Foster, Douson, Xegazi, Evans, Gibbs, Yakob (Berri, 83), Krixovyak, Rodriges (Berk, 71), Livermor (Robson-Kanu, 64), Makkleyn, Rondon.
Ogohlantirishlar: Lansini (6), Masuaku (44), Kerroll (61), Yakob (74), Krixovyak (90).

Sauthempton – Kristal Pelas 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 17 Long, 1:1 – 69 Makartur, 1:2 – 80 Milivoyevich.
Sauthempton – Makkarti, Pe, Stivens, Yosida, Bertran, Romeu, Xeyberg (Gabbyadini, 75), Uord-Prouz (Devis, 70), Tadich (Redmond, 79), Bufal, Long.
Kristal Pelas – Xennessi, Fosu-Mensa, Kelli, Tomkins, Shlupp (Sako, 64), Makartur, Milivoyevich, Taunsend, Kabay (van Anxolt, 46), Zaa, Benteke.
Ogohlantirish: Fosu-Mensa (57).

Яндекс.Метрика