У нас есть только
оригинальные песни

«Manchester Siti» yana bir transferni amalga oshirdi. Qimmatbaho transfer

calendar 02.08.2016
1694

«Shal'ke» jamoasi yarim himoyachisi Leroy Sane «Manchester Siti» safiga o'tdi.

Bild ma`lumotiga ko'ra, Germaniya terma jamoasining 20 yoshli futbolchisi inglizlar jamoasi bilan yiliga 6 million Yevro maosh to'lashni nazarda tutuvchi 4 yillik shartnoma tuzgan.

«Siti» Sane uchun gil'zenkirhenliklar jamoasiga 49 million Yevro to'laydi va qo'shimcha bonuslar sifatida 6 million Yevro va`da qiladi.

Shu tariqa, Sanening transferi Germaniya futboli tarihidagi eng qimmatbaho transferga aylandi.


«Biz «Siti» bilan kelishuvga erishdik. Sane tibbiy ko'rikdan o'tdi. «Siti» bilan shartnoma tafsilotlari haqida keyinroq ma`lum qilinadi», – degan Haydel'.«Shal'ke» sport direktori Kristian Haydel' bu ma`lumotni tasdiqlagan.

 

Яндекс.Метрика