У нас есть только
оригинальные песни

«Manchester Yunayted» safarda g'alaba qozondi, «Tottenhem» sensatsion ravishda mag'lub bo'ldi

calendar 02.09.2018
939

Angliya Premer-ligasining 4-tur uchrashuvlari doirasida «Byornli» o'z maydonida «Manchester Yunayted»ni qabul qildi. «Terf Mur» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlarning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Mehmonlarning belgiyalik hujumchisi Romelu Lukaku 27 va 44-daqiqalarda raqib darvozasini ishg'ol qildi. 69-daqiqada Pol Pogba penaltidan unumli foydalan olmadi. 71-daqiqada mankunianliklar jamoasi kamchilik bo'lib qoldi, Markus Rashford qizil kartochka olib maydonni tark etdi.

Shu tariqa, «Manchester Yunayted» APLda qatorasiga ikki mag'lubiyatdan keyin g'alaba qozondi, «Byornli» esa g'alabasiz seriyasini 4 o'yinga yetkazdi (bir durang va 3 mag'lubiyat).

Endilikda «Manchester Yunayted» 6 ochko bilan Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida o'ninchi o'rinda joylashgan, «Byornli» 1 ochkosi bilan 19-pog'onada qolmoqda.

Tur doirasidagi yana bir uchrashuvda «Uotford» o'z maydonida «Tottenhem Hotspur»ni qabul qildi. «Vikareyj Roud» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

G'oliblar safida gollarga Troy Dini va Kreyg Ketkart mualliflik qilishdi. «Uotford»ning yana bir futbolchisi Abdulayye Dukure o'z jamoasi darvozasini ishg'ol etib qo'ydi. Shu tariqa, «Uotford» APL startida qatorasiga to'rtinchi marta g'alabaga erishdi, «shporlar» esa qatorasiga uch g'alabadan keyin mag'lubiyat alamini totib ko'rishdi.

Endilikda ochkolari sonini 12taga yetkazgan «Uotford» Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida «Liverpul» va «Chelsi» bilan birga peshqadamlar safida qoldi, «Tottenhem» 9 ochkosi bilan beshinchi pog'onaga joylashdi.

Angliya chempionti
4-tur
Byornli – Manchester Yunayted 0:2 (0:2, 0:0)

Gollar: 0:1 – 27 Lukaku, 0:2 – 44 Lukaku.
Byornli – Xart, Tarkovski, Teylor, Bardsli, Mi, Lennon, Vestvud, Kork, Xendrik (Vouks, 58), Maknil (Barns, 80), Vud (Vidra, 84).
Manchester Yunayted –    De Xea, Smolling, Shou, Valensiya, Lindelef, Pogba (Bayi, 90), Matich, Lingard (Errera, 76), Fellayni, Sanches (Reshford, 61), Lukaku.
Ogohlantirishlar: Sanches (18), Maknil (52), Bardsli (71), Lukaku (74), Shou (74).
Chetlatish: Reshford (71).

Uotford – Tottenhem 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 0:1 – 53, avtogol Dukure, 1:1 – 69 Dini, 2:1 – 76 Ketkart.
Uotford – Foster, Ketkart, Xolebas, Yanmat, Kabasele, Xyuz (Chaloba, 86), Kapu, Dukure, Pereyra (Mariappa, 90), Dini, Grey (Saksess, 70).
Tottenhem –    Vorm, Alderveyreld (Lorente, 81), Sanches, Devis (Rouz, 89), Vertongen, Lukas Moura, Eriksen, Alli, Dembele (Uinks, 86), Tripper, Keyn.
Ogohlantirishlar: Kapu (52), Dembele (68), Saksess (90).

Яндекс.Метрика