У нас есть только
оригинальные песни

MANZURA VADA BERADI yohud 2011 konsert dasturlar tanqidiy fikrlar...

calendar 23.04.2011
2251
Va nihoyat nixol mukofoti sovrindori halqimizning sevimli sanatkorlarimizdan biri Manzura konsert beradigon bo'ldi. Konsert kuni tez kunda aniq bo'ladi. Manzura konsert dasturida umuman yangicha imijda va yangi uslubdegi raqs va dekaratsiya bo'lishini vada qilmoqda. Bu yil konsert bermoqchi bo'lgan sanatkorlarimiz juda ko'p jumladan Bojalar guruhi ham tez kunlarda konser beradi. Bojalar guruhi esa konsert reklamasiga juda katta ahamiyat bergan qaysi bir stalbaga qarasangiz Bojalar zo'r zo'r degan yozuvga ko'zingiz tushadi. Bunday reklamadan kegin stalbalar ham konsertga bormasa deb qo'rqaman (albatta bu hazil). Bojalar konser dasturida yana akfa media yulduzlari va Qvz jamoalari qatnashishi kutilmoqda. Yana yaqin kunlarda Alisher Fayz, Davr guruhi hamda Jahongir Otajanov konsertlari bo'lib o'tishi kutilmoqda. Tog'ri bu yil konsert dasturlar juda ko'p lekin faqat Jahongir Otajonov konsertigina jonli qolganlari fonagrammadan foydalaniladi. Yakkahon konsert dasturida sanatkor halq oldida imtihon topshishi kerak imtihon esa jonli bo'lish kerak emasmi? Sanatkorlarimizni biron bir gala konsertda mayli to'yda ham fonagrammada qo'shiq aytishlarini tushunish mumkun. Hatto yakkahon konsert dasturida ham fonagrammadan foydalanishini qanday tushinish mumkun? Eng qizig'i nimada ekanini bilasizmi. Eng muhimi bizni sa'natni sevuvchi sodda o'zbek muhlislar konsertda fonagrammadan foydalanishini bilib turib polon pul sarflab konsertga tushadi. O'zi fonogrammadan foydalangan sanatkor konsertiga kserikopiya qilingan bilet bilan kirishez kerak shunda hisob 1-1 bo'larmidi. Lekin bizni muhlislar bunday qilmaydi chunki juda sa'natsevar halq. Bu esa sanatkorlarimizi yutug'i. Sanatkorlarimiz ham bunga javoban yakkohon konsert dasturida hech bo'lmasa 2 ta yoki 3 ta qo'shigini jonli ijro etib muhlislarini hursand qilgan bo'lardilar. Qadrli sanatkorlar shundan qilinki konsertizga tushgan muhlisiz madaniy hordiq olib ketgan puliga achinmasdan yanagi safar bergan konsertizga ham keladigon bo'lib ketishi kerak. Kegin yana bir jihat hozir ko'pchilik sanatkorlarimiz konsert dasturlarida bir hil bor yani konsert snariylari o'hshash. Bu gaplarim bilan hozirgi sanatkorlarimizi yomon demoqchi emasman. Tan olamiz hozir konsert dasturlari dekaratsiyalari ancha rivojlangan konsert dasturlarida hatto uchmoqdalar raqslari ham chiroyli buning uchun sanatkorlarimizga katta rahmat. Lekin shunday chiroyli dekaratsiyaga jonli ijro qo'shilsa judayam hursand bo'lardik. Tog'ri konser berish osonmas qanchadan qancha mehnat talab qilinadi. Bu yerda o'tirvolib bizga tanqid qilish osondur. Yuqorida yozganlarim shunchaki meni shaxsiy fikrlarim edi. Agar notog'ri tanqid qilgan bo'lsam uzr hurmatli sanatkorlar. Ommaviy so'rovnoma siz qaysi sanatkor konsert berishini hohlardiz. Sizningcha halq kimni sog'indi halk kimni konsertini kutyabdi fikr mulohazalarizi izohlarda kutib qolaman hurmat bilan miranda_89
Яндекс.Метрика