У нас есть только
оригинальные песни

Marg‘ilonlik otaxon Rossiyadagi JCh — 2018’ga velosipedda bormoqchi

calendar 10.04.2015
2334


65 yoshli marg‘ilonlik Akram Ma’rufjonov Rossiyadagi futbol bo‘yicha 2018-yilgi jahon chempionatiga velosiped haydab bormoqchi, deb yozadi "12news.uz”.

U ayni paytda o‘ziga hamrohlik qilishi mumkin bo‘lgan sheriklarni qidirmoqda. Otaxon Rossiyaning mundial matchlari bo‘lib o‘tadigan barcha shaharlarini kezib chiqmoqchi.

Bunday sayohat Akram ota uchun birinchisi emas. 1995-yilda u velosipedda Makkaga haj safari uyushtirgan. 2006-yil yozida esa Germaniyagacha velosiped haydab borib, Germaniya termasi va Myunxenning "Bavariya”si darvozaboni Oliver Kan bilan ushrashishga muvaffaq bo‘lgan.


Яндекс.Метрика