У нас есть только
оригинальные песни

Mark Klattenburg Yevro—2016 finalini boshqaradi

calendar 08.07.2016
1036

Angliyalik referi Mark Klattenburg 10-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan Fransiya hamda Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi Yevro—2016 final uchrashuvini boshqarib boradi.

41 yoshli referi 2015/16-yilgi mavsumni yakunlab beruvchi Yevropa Chempionlar Ligasining final uchrashuvini ham boshqarib borgandi. Antuan Grizmann penaltidan gol ura olmagan, Krishtianu Ronaldu va Pepe harakat qiladigan “Real” o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida zafar quchgan bellashuvda ishlagan Klattenburg, xuddi shu futbolchilar to‘p suradigan termalar o‘rtasidagi hal qiluvchi bellashuvga ham qozilik qiladi.

Asli kasbi elektrik bo‘lgan Mark Klattenburg 2012-yilgi yozgi olimpiada o‘yinlarining futbol turniri finalida ham ishlagan. 2014-yilgi UEFA Superkubogi ham ingliz hakamiga ishonib topshirilgandi.

Bitta mavsumning o‘zida ham Chempionlar Ligasi, ham Yevropa Chempionatida ishlash Klattenburgga qadar faqatgina bir insonga — portugaliyalik Pedru Proensaga nasib qilgan bo‘lib, u 2012-yil ikkita yirik finalda arbitrlik qilgan.

So‘nggi 52 yildan buyon Yevropa Chempionatining hal qiluvchi o‘yinida angliyalik hakam ishlamagandi. Oradan yarim asr o‘tib Mark Klattenburg Sen-Deni shahrida bo‘lib o‘tadigan 4 yillikning Yevropadagi eng yirik uchrashuvida hakamlik qiladi.

Mark Klattenburg Yevro—2016 doirasidagi uchta o‘yinni boshqarib bordi: Belgiya — Italiya, Chexiya — Xorvatiya hamda Shveysariya — Polsha.

Yevro—2016. FINAL
10-iyul, yakshanba

Fransiya — Portugaliya

Hakamlar: Mark Klattenburg, Saymon Bek, Jeyk Kollin (barchasi Angliyadan).
To‘rtinchi hakam: Viktor Kashshai (Vengriya).
Qo‘shimcha zaxira hakamlari: Entoni Teylor, Andre Marriner (ikkisi Angliya), Gyorgi Ring (Vengriya).

Яндекс.Метрика