У нас есть только
оригинальные песни

Mark Tsukerberg Telegram aksiyalari nazorat paketini qo'lga kiritishi mumkin

calendar 01.04.2018
1021

Pavel Durov TON uchun jalb qilgan sarmoyadorlarning yarmidan ko'pi Facebook kompaniyasi bilan uzviy bog'liq. Arab shayxi Hamdon ibn Muhammad Al-Maktumning ma`lum qilishicha, u katta miqdordagi token sotuvi haqida Mark Tsukerberg bilan muzokaralar olib bormoqda - 51 foiz xarididan so'ng Telegram foydalanuvchilari taniqli WhatsApp messenjeriga egalik qiluvchi ijtimoiy tarmoq yurisdiksiyasi ostida qolishlari mumkin, - deya xabar beradi Dubai Media Incorporated.

TON ishga tushishi bilan Pavel Durov Facebook aksiyadorlaridan investitsiya jalb qilib, yana avvalgi holatga tushishi mumkin. Ta`kidlash joizki, bundan avval aka-uka Durovlarning o'z sheriklari bilan uzoq kurashiga qaramay, Mail.Ru Group ham xuddi shu tarzda «VKontakte» ustidan to'liq nazoratni qo'lga kiritgan, Durovlar esa ijtimoiy tarmoqni boshqaruvini qo'ldan chiqarishgan. 

Mark Tsukerberg messenjerlarni birlashtirish niyatida emas, u ular ustida parallel ravishda ish olib boradi, biroq may oyida Telegram'da xuddi Instagram'dagidek Stories (tarix) paydo bo'ladi. WhatsApp foydalanuvchilari uchun esa, minglab foydalanuvchi stikerlari kiritilishi va maxfiy chatlar integratsiya qiliningan taqdirda, to'liq shifrlash jarayoni o'tkazilishi mumkin. 

Яндекс.Метрика