У нас есть только
оригинальные песни

Markaz guruhidan yangi klipga harakat

calendar 13.07.2014
1964


Tinib-tinchimas ijodkorlar, ya'ni Javlon Asatullayev hamda Mc Shodlardan tashkil topgan Markaz guruhi o'zlarining navbatdagi kliplari ustida bosh qotirishmoqda. Bosh qotirganda ham o'sha siz bilgan qo'shiq uchun.
"Menda faqat sen" kompozitsiyasi uchun suratga olinayotgan klipda siz Shahzoda Muhammedova hamda Comedy.uz rezidentlarini uchratishingiz mumkin. Komedik janrdagi klip rejissyori guruh vakili Javlon Asatullayevning o'zidir. Klipni Mega Max Media (MMM) studiyasi suratga olmoqda. Odatda MArkaz guruhining barcha kliplari o'ziga hos yo'nalishda va kutilmagan saxnalar bilan boyitilar edi. Navbatdagi klip bizni qay darajada lol qoldirishini esa tez orada birgalikda aniqlik kiritamiz.

Яндекс.Метрика