Markaziy bank: 2018-yilda o‘zgaruvchan almashuv kursi rejimi saqlanib qoladi

2018-yilda valyuta siyosatini amalga oshirishda asosiy e’tibor valyuta kursining bozor mexanizmlari asosida shakllanishiga hamda Markaziy bankning valyuta birjasidagi ishtirokini minimallashtirishga qaratiladi. Bunday yondashuv mohiyatan erkin o‘zgarib boruvchi valyuta rejimi talablariga mos keladi, deb yozadi Spot Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan “Monetar siyosatning 2018-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari”ga tayanib.

Bunda Markaziy bankning valyuta birjasidagi intervensiyalari “oltin-valyuta zaxiralarining neytralligi”ni ta’minlash maqsadlaridan kelib chiqib, monetar oltinni xarid qilish operatsiyalari natijasida iqtisodiyotda hosil bo‘luvchi qo‘shimcha likvidlik va pul massasini “sterilizatsiya” qilishga qaratiladi.

Valyuta kursi siyosatini yuritishda ushbu yondashuv mohiyatan erkin o‘zgarib boruvchi valyuta rejimi talablariga mos kelib, almashuv kursining iqtisodiyotda “ichki avtomatik stabilizator” funksiyasini bajarishi uchun imkon yaratib beradi.

2017-yil yakunlariga to‘xtalib o‘tar ekan, Markaziy bank 2017-yilning yanvar-avgust oylarida so‘m rasmiy almashuv kursining yuqori sur’atlarda devalvatsiya qilinishi hamda aholi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida ichki valyuta bozorini erkinlashtirish bilan bog‘liq kutilmalarning kuchayib borishi iqtisodiyotdagi investitsion faollikka turlicha ta’sir ko‘rsatganini qayd etdi.

Xususan, mamlakat va uning hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi, shu jumladan, ushbu dasturlarda ko‘zda tutilgan loyihalarni amalga oshirish hamda aholini tadbirkorlikka jalb qilish tadbirlarining jadallashuvi natijasida tijorat banklarida kreditlash bo‘yicha faolligi oshishi kuzatildi. Bu, o‘z navbatida, joriy yilning yanvar-iyun oylarida iqtisodiyotdapul taklifi va yalpi talabning sezilarli darajada oshishi hamda natijada inflyatsiya sur’atlari tezlashishiga olib keldi.

Markaziy bank ta’kidlashicha, 2017-yilda naqd pulning pul massasi tizimidagi ulushi ko‘paygan.


Комментарии (0) | Добавить: 31.12.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

O‘zbekiston Moliya vazirligi ish haqlarining vaqtida to‘lanishi yuzasidan so‘rov o‘tkazmoqda
O‘zbekiston va Turkmaniston rahbarlari Maxtumquli haykali poyiga gullar qo‘ydi
Turkmaniston Prezidenti Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo'ydi
Agar siz ishlagan tashkilot tugatilgan bo‘lsa, pensiya uchun ma’lumotnoma qanday olinadi?
O‘zbekistonda budjet xarajatlarining uchdan bir qismi ijtimoiy nafaqaga yo‘naltiriladi
O'zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana tushdi
Tojikiston O‘zbekistonga shimoliy yo‘nalishda elektr energiyasi yetkazib berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
Yulduz Usmonova Nukusda konsert beradi
Хонанда Умидахон турмушга чиқяпти. Куёв ким?
Toshkentdagi Botanika bog‘i 9-maygacha yopildi
Gurbanguli Berdimuhamedov O'zbekistonga keldi
GM Uzbekistan Chevrolet Orlando ishlab chiqarishni to'xtatdi
Shavkat Mirziyoyevning xalqaro tashriflari: sarhisob va keyingi davlatlar
Mana bu tish pastalarini aslo ishlatmang!
O‘zbek kurashini nechta mamlakatda bilishadi?
Shahram G‘iyosov prof boksdagi 2-jangida ham g‘alaba qozondi, Murodjon Ahmadaliyev esa raqibini nokautga uchratdi
Alisher Usmonovning jiyani Ganya milliy liboslarda fotosessiya uyushtirdi
Shimoliy Koreyada qatl qilishga sababchi bo‘luvchi to‘rtta bema’ni holat
Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi tayinlandi
“Zuvola” asl qo‘shiqlar milliy tanlovining dastlabki g‘oliblari taqdirlandi
O‘zbekiston ikki oyda Qozog‘istondan salkam 0,5 mln tonna bug‘doy sotib oldi
«Samsung» birdaginga ikkita egiluvchan ekranli smartfon ishlab chiqaradi
O‘zbekistonda ta’limga davlat budjetidan katta mablag‘ ajratilmoqda. Unda nega ta’lim sifati past, sohada muammolar ko‘p?
Dollarning qiziqarli tarixi
Rossiyada Putinning reytingi tushib ketdi
Xitoylik harbiylarga ishga ovqat olib kelish va onlayn translyatsiya taqiqlanadi
KXDR yadro qurolini boshqa davlatlarga bermaslikka va`da qildi
GM Uzbekistan avtomobil yetkazib berishni tezlashtirishni va’da qilayotganlarga ishonmaslikka chaqirdi
O‘zbekistonda avtomobil raqamlari xalqaro raqamlarga almashtiriladi, barcha qog‘oz hujjatlar esa bekor qilinadi
ukumat uchun alohida mobil aloqa tizimi yaratiladi