Markaziy bank: Konvertatsiya borasida hech qanday cheklovlar, ortga qaytish bo'lmaydi

O'zbekistonda valyuta bozorining liberallashuvi borasida ortga yo'l yo'q. Tadbirkorlarning banklardan valyuta xarid qilishlarida hech qanday cheklovlar bo'lmaydi. XPK sessiyasida ishtirok etgan Markaziy banki raisining birinchi o'rinbosari Timur Ishmetov valyuta bozorining liberallashuvi mamlakatdagi iqtisodiy islohotlarning muhim bosqichi ekanini ta`kidladi. 

“Biz valyuta liberallashuvini amalga oshirmasdan iqtisodiyotning boshqa sohalarini liberallashtira olmasdik. Natijalar esa ma`lum. Endilikda tadbirkorlar xorijiy valyutani cheklanmagan miqdorda xarid qilishlari mumkin. 

Avvallari tadbirkorlar o'zlarining valyuta tushumlarini belgilangan kurs bo'yicha zarar ko'rgan holda sotishga majbur bo'lishardi. Import qiluvchilar ham belgilangan kurs bo'yicha xorijiy valyutani o'z zarariga yuqori narxda xarid qilardi. 

Tadbirkorlarga nimani qanday amalga oshirishni buyruq berish bilan biror natijaga erishib bo'lmaydi. Ular har doim foyda bor joyda bo'lishadi. Shunday ekan, endilikda, valyuta bozori liberallashuvi ularga keng imkoniyatlar bermoqda”, - dedi Timur Ishmetov.

Uning aytishicha, kelgusida valyuta savdolari hajmi oshishi kutilmoqda. Chunki tobora ko'proq tadbirkorlik sub`yektlari valyuta ehtiyojlarini banklar orqali ta`minlamoqda. Shu bilan birga, MB raisining birinchi o'rinbosari aholi orasida valyuta amaliyotlarini aynan banklarda amalga oshirish borasida ishonchni yanada kuachaytirish lozimligini ham uqdirdi.

“Valyuta oldi-sotdi amaliyotlari o'tgan davr bilan qiyoslansa, 1,5 baravar ortdi. Odatda valyuta amaliyotlari oshdi, deyilganda zaxiralar kamaygan, deb tushuniladi. Ammo bu har doim ham to'g'ri bo'lavermaydi. O'zbekistonda valyuta zaxirasi 1,1 mlrd dollarga ko'paydi. Bu banklarning valyutani sotishi va xarid qilish o'rtasidagi farqni anglatadi. Ya`ni, banklar 1,1 mlrd dollarga teng valyutani sotib olgan. Bu hol qora bozorda bo'lgan valyutalarning bir qismi banklar aylanmasiga qo'shilganini anglatadi. 

Shu bilan birga, tadbirkorlarning hukumat olib borayotgan islohotlarga ishonchi ortganini bildiradi. Qayd etish kerak, O'zbekistonning oltin-valyuta zaxiralarini shu yo'l bilan ko'paytirishni rejalashtirayotgani yo'q. Buni qanday tushunish kerak? 2-3 oy mobaynida xarid qilingan valyutalar keyingi 2-3 oyda sotiladi. Masalan, sentabr-oktabr oylarida banklar ko'proq valyuta sotib olgan bo'lsa, endilikda tadbirkorlar avvallari qora bozordan xarid qilgan valyutasini banklardan olmoqda va o'z-o'zidan banklar sotayotgan valyuta miqdori ko'payib bormoqda”, - deya valyuta amaliyotlariga oydinlik kiritdi Timur Ishmetov. 

U, shuningdek, tadbirkorlar orasida valyuta amaliyotlariga ishonqiramay qarayotganlari, barcha aylanma mablag'larini davlatga bildirib, ulardan soliq to'lashni boshlaganidan keyin valyuta sotish tzxtab qolmaydimi, degan xavotirlar ularni qiynayotganini ta`kidladi. 

“Biz bu borada ko'p ish qilishimiz kerak. Ammo imkoniyatdan foydalanib tadbirkorlarga shunday bayonot bermoqchimanki, bizda orqaga yo'l yo'q. Valyuta oldi-sotdisida tadbirkorlarga hech qanday to'sqinlik bo'lmaydi. Qolaversa, orqaga qaytilsa, uning asoratlari davlat uchun juda salbiy bo'ladi. Shunday ekan, deyarli bir yillik tayyorgarlikdan so'ng, davlat boshlig'ining siyosiy irodasi bilan shu ishga qo'l urildi. Shu munosabat bilan hozir ham banklardan valyuta xarid qilishga ikkilanib turgan tadbirkorlarni ishontirib aytishim mumkin, valyuta oldi-sotdisida hech qanday cheklovlar va ortga qaytish bo'lmaydi”, - deya ta`kidladi Markaziy Bank raisining birinchi o'rinbosari Timur Ishmetov. 


Комментарии (0) | Добавить: 26.12.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Kunduzgi uyqu hayot uchun xavfli deb topildi
Nonushtaga banan? Yo‘q, bu xavfli
Oiladagi janjalda uka halok bo'ldi
Ekologik falokatda faqat Rossiya manfaat olishi mumkinligi ma`lum bo'ldi
Tramp Xitoyni “talon-tarojlik”da aybladi
Pxenyandagi parad ko'p yillar davomida ilk marta ballistik raketalar namoyishisiz o'tdi
Olimlar uyqusizlik sabab semirish ehtimoli yuqori ekanligini aniqlashdi
O‘zbekistonda Facebook bilan bog‘liq muammolar fonida mobil VPN ommaviyligi keskin oshdi
Bosh vazir o'rinbosari: «Ayollarga nisbatan zo'ravonlikka chek qo'yaylik!»
Ilonlar qurg'oqchilikdan keyin kamroq, yog'ingarchilikdan keyin ko'proq chaqishi aniqlandi
2019 yilda O'zbekistonda ko'pkari bo'yicha ilk jahon chempionati o'tkaziladi
Mi 8 Pro xalqaro bozorga chiqyapti – u Xiaomi’ning yangi flagmanimi?
Ikki daqiqada uyquga ketish mumkin. Amerikalik harbiylar usuli
“Ular me’yordan chiqishgan”. Olimjon Xudoynazarov “Dizayn” jamoasining tarqalgan audiolariga munosabat bildirdi (video)
Jurnalistlar Trampni sovuq urush uslubida masxara qildi
Saloh Misr terma jamoasi o'yinida 2 gol urib, 2 golga pas berdi va 2 penaltini urolmadi
Rustam Sa’diyev “Baron 2” filmining suratga olish ishlari qaysi davlatlarda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi
«Telegram»ning «klon»i paydo bo‘ldi
Alisher Usmonov tug‘ilgan kunini taniqli oligarxlar bilan Toshkentda nishonlamoqchi
Majburiy mehnatga jalb qilinganlar uchun ishonch telefonlari ishga tushirilmoqda
O'zbekistonda 10 sentabrdan 9 raqamli raqamlash tizimiga o'tiladi
Salbiy kayfiyatda uyg'onish – o'ta xavfli
Shahram G'iyosov navbatdagi raqibini ma`lum qildi. Bu uning faoliyatidagi eng kuchli raqib
Tramp Apple’ga ishlab chiqarishini AQShga qaytarishni tavsiya qildi
Ayrim mahsulotlarni birga iste`mol qilib bo'lmaydi. Shu to'g'rimi?
15 sentabr “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga start beriladi
Makgregor UFC chempioni bo'lgan qizga ruhiy jarohat yetkazdi
Pasport yo'qolganda nima qilish kerak
Qanday xodimlarga dastlabki sinov belgilanmaydi?
Facebook ishlamayaptimi: unda sizga VPN yordam beradi