У нас есть только
оригинальные песни

Markaziy bank Respublika valyuta birjasiga litsenziya berdi

calendar 29.09.2016
1600

O'zbekiston Markaziy banki matbuot hizmati habariga ko'ra, Respublikada valyuta oldi-sotdisi bilan shug'ullanuvchi birja faoliyat yurita boshlaydi. 

“O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qaroriga asosan “O'zbekiston respublika valyuta birjasi” aktsiyadorlik jamiyatiga valyuta birjasi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berildi”, - deyiladi Markaziy bank habarida. 

Ma`lumot uchun, O'zbekiston respublika valyuta birjasi 1992 yil may oyida tashkil etilgan bo'lib, faoliyatining maqsadi valyuta bozori, davlat qimmatli qog'ozlari bozori va pul bozorida birja savdolarini tashkil etilishi va o'tkazilishini ta`minlashdan iborat.

Яндекс.Метрика