Markaziy bank valyutani tartibga solish borasida rasmiy bayonot berdi

7 iyul kuni Xalqaro Press-klubda bo'lib o'tgan "Senat olti oyda: sarhisob va tahlil" mavzuidagi ochiq muloqotda senatorlar, ko'plab soha mataxassislari, ekspertlar birinchi yarim yillik bo'yicha hisobot berishdi va jurnalistlar hamda aholini qiziqtirgan savollarga javob qaytarishdi. Tadbirda qatnashgan "Kun.uz" muxbiri shu haqida xabar berdi. 

Markaziy bank departament direktor o'rinbosari Bobur Abubakirov valyutani tartibga solish, uning erkin kursi haqida quyidagilarni ma`lum qildi. 

"Valyutani tartibga solish, valyutaning erkin kursi haqida gapiradigan bo'lsak, hammangizga ma`lum, joriy yilning 7 fevralida davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan Harakatlar strategiyasi to'g'risidagi farmon bilan tasdiqlangan davlat dasturining 119-bandiga asosan, valyutani tartibga solish, valyuta kursi ilg'or bozor mexanizmlarini joriy qilish topshirig'i berilgan. 

Hozirgi kunda bu masala bo'yicha Markaziy bank, hukumat va davlatning iqtisodiy blokidagi vazirlik va idoralar bilan tegishli tartibda ishlar amalga oshirilmoqda, tahlil qilinmoqda. O'ylaymanki, tez kunlarda bu yo'nalishda yaxshi yengilliklar seziladi", - dedi B.Abubakirov.

Bu borada Markaziy Bank departament direktor o'rinbosari Azimov Zafar Abdumajidovich ham so'zga chiqib quyidagilarni ma`lum qildi:

"Markaziy bank boshqaruvi tomonidan, davlatimiz rahbari tomonidan bank tizimi oldiga qo'yilgan vazifalarning o'z vaqtida va sifatli bajarilishini ta`minlash maqsadida qayta moliyalashtirish stavkasini 9 foizdan yillik 14 foizga ko'tarish bo'yicha qaror qabul qildi. Mazkur qarordan maqsad - mamlakatda inflyatsiya darajasi o'sishining oldini olish, inflyatsion xatarlarni cheklash,    iste`mol bozoridagi narxlarning o'sib borishini oldini olish.

Markaziy bank boshqaruvi doimiy ravishda mamlakat iste`mol bozoridagi narxlar barqarorligini kuzatib boradi, tahlil qiladi. Agar ushbu tahlil natijalari narxlarning barqarorligini ko'rsatsa hamda inflyatsion xatarlarning pasayganini ko'rsatsa, Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasini qaytadan ko'rib chiqadi va uni pasaytiradi. 

Valyuta kursini shakllantirishning erkin bozor rejimiga o'tmoqchi ekanmiz, qayta moliyalashtirish stavkasi albatta oshishi kerak edi, bu ham asosiy zaminlardan biri", - deydi Markaziy bank vakili.

Moderator Sherzod Qudratxo'jayev bunga qo'shimcha ravishda ko'p mamlakatlar bunday davrni boshdan kechirganini ta`kidlagan holatda, O'zbekistonning ushbu sinovlardan munosib o'tishiga umid bildirdi.  "Buning uchun iqtisodiyotimiz salohiyati, tadbirkorlarimiz kuchi va aholimizning tushunchasi ham yetarli", - dedi u.


Комментарии (0) | Добавить: 08.07.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Tishlarni oqartirishning siz bilmagan usullari
2017-yili O‘zbekistonda kishi boshiga o‘rtacha daromad 5,8 million so‘mni tashkil qildi
Aytishlaricha, «Tangem» O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi sayyohlik elchisi sifatida faoliyat yuritadi
Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasi direktori ishdan ketdi. O‘rniga yangisi tayinlandi
Dubay kompaniyasi 270 ming dollarlik ayollar tufligini yaratdi
40 yosh ostonasidagi Manzura: “Biz fahsh tarqatuvchi bo'lmasligimiz kerak”
Minor jome masjidi haqida nimalarni bilasiz?
Putin Leninning maqbaradagi tanasini avliyolarning qoldiqlariga tenglashtirdi
Shavkat Mirziyoyevning Twitter’dagi akkaunti verifikatsiyadan o‘tib, ko‘k belgiga ega bo‘ldi
Davlat soliq qo'mitasi ishga taklif etadi
«Navoiyning yangi g‘azalini eshitdik». Nima uchun xalq Sherali Jo‘rayevni yaxshi ko‘radi?
Samvel Babayan Jahon Chempionatiga qay tariqa chiqa olmaganini “Spartak” muxlislariga aytib berdi
Axborotni xotirada yaxshi saqlab qolishning 5 ta usuli
Qrim muftiysi Putinni qo‘llab-quvvatlashini e’lon qildi
Turkiyadan 150 mln so'mlik kiyim-kechaklarni noqonuniy olib kirish oldi olindi
La Liga. «Real» tarixda ilk marotaba «Vilyarreal»ga yutqazdi
Birinchi Prezident faoliyat olib borgan Oqsaroy qarorgohi barcha uchun o‘z eshiklarini ochadi
Haqiqatan ham aqlli odam ekanligingizni tasdiqlovchi 6 belgi
Islom Karimov ishlagan xonani bevosita ko'rish imkoni bo'ladi
100 yil yashashga yordam beruvchi oddiy qoidalar
AQSh Rossiyaning yadroviy ustunligini tan oldi
Iltifotsevarlar uchun tavsiya: voz kechish kerak bo‘lgan 9 xil maqtov
Imperiya tarixida burilish yasagan Ko‘sem Sulton
“Paxtakor” yana bir turk klubini mag‘lub etdi. Aleksandr Lobanov bu safar ham penalti qaytardi
2017-yilda provayder va operatorlar uchun internet narxi 3 barobarga tushirildi
Endi hokimlar xorijga chiqadi, elchilar esa kunini hokimga qo‘ng‘iroq qilishdan boshlaydi
Namanganda yil davomida 12 ming kam ta’minlangan fuqaro jamoat ishlariga jalb etiladi
Aloqa xizmatlarida muammo tug‘ilsa… Kimga va qay tartibda murojaat qilasiz?
Facebook asoschisi tarmoqning foydalanuvchilariga nisbatan siyosatini o'zgartiradi
«Real» 400 million yevrolik transferga tayyor