Markaziy Osiyo prezidentlarining farzandlaridan kim siyosatda?

 

Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat rahbarlarining farzandlaridan kimlar siyosat bilan shug'ullanmoqda? Qozog'istonning Nur.Kz saytida ushbu masalaga oydinlik kirituvchi maqola e`lon qilindi.

Imomali Rahmon o'g'li bilan

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon o'zining to'ng'ich o'g'li Rustam Imomalini Dushanbe shahriga hokim qilib tayinladi. Bungacha 29 yoshli Rustam Imomali davlat moliyaviy nazorati va korrupsiyaga qarshi kurash agentligiga rahbarlik qilgan edi. 

1987 yilda tug'ilgan Rustam MDH hududidagi eng yosh general hisoblanadi. U, shuningdek, serqirra faoliyatida investitsiyalar va davlat mulki qo'mitasida ishlashga, Tojikiston Yoshlar ittifoqi raisi o'rinbosari bo'lishga ulgurgan. Rustam «Istiqlol» futbol klubi tashkilotchisi va xo'jayinlaridan biridir.
 
Yangi lavozimga tayinlangan Rustam qator kadrlar almashinuvini amalga oshirishga ham ulgurdi va ishxonasini Tojikiston prezidenti saroyiga ko'chirdi. 

Umuman, Imomali Rahmonning 9 nafar farzandi: 7 qizi (Feruza, Ozoda, Ruxshona, Taxmina, Parvina, Zarina va Farzona) hamda ikki o'g'li (Rustam va Somon) bor.

Tojikiston prezidentining ikkinchi qizi Ozoda 2009 yilda mamlakat tashqi ishlar vazirining o'rinbosari etib tayinlangan edi. 2016 yil 27 yanvarda prezident ma`muriyati rahbariga aylandi. 

Sardor Berdimuhamedov (o'ngda)

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning o'g'li Sardor 2016 yil noyabrida mamlakat parlamenti Majlis deputatligiga saylandi. Sardor Berdimuhamedov Axal viloyati 24-«Dushak» saylov okrugidan deputatlikka munosib ko'rildi. 

Bundan avvalroq, Turkmaniston rahbarining o'g'li maxsus qaror bilan respublika TIV tuzilmasida maxsus lavozimga ega bo'ldi. 2015 yil iyul oyi oxirlarida Sardor doktorlik dissertatsiyasini yoqlagani haqida xabarlar paydo bo'lgan edi. 

Gurbanguli Berdimuhamedovning bir o'g'li (Sardor), uch qizi bor. 

 

O'zbekiston Respublikasining yangi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ikki qizi (Saida va Shahnoza) hamda bir nafar o'g'li (Alisher) bor. 

Shavkat Mirziyoyev oilasi bilan

2016 yil 4 dekabr kuni O'zbekistonda bo'lib o'tgan navbatdan tashqari prezidentlik saylovida, ovoz berish uchastkasida olingan suratda chapdan o'ngga: Shavkat Mirziyoyevning rafiqasi, O'zbekistonning birinchi xonimi Ziroatxon Hoshimova, Shavkat Mirziyoyev o'g'li Alisher va nevaralari bilan, katta qizi Saida Mirziyoyeva turmush o'rtog'i bilan va qizi Shahnoza Mirziyoyeva-Hoshimova turmush o'rtog'i bilan.

 

Qirg'iziston prezidenti Almazbek Atambayevning ikkinchi nikohidan o'g'li Qodir va qizi Aliya bor. Birinchi nikohidan esa to'rt farzand: o'g'illari Seyitbek, Seytek va egizak qizlar Diana va Dinaralarning otasi hisoblanadi. Ularning siyosat bilan shug'ullanayotganiga doir xabarlar mavjud emas. 

Qirg'iziston prezidenti Almazbek Atambayevning ikkinchi nikohidan o'g'li Qodir va qizi Aliya bor. Birinchi nikohidan esa to'rt farzand: o'g'illari Seyitbek, Seytek va egizak qizlar Diana va Dinaralarning otasi hisoblanadi. Ularning siyosat bilan shug'ullanayotganiga doir xabarlar mavjud emas. 


Комментарии (0) | Добавить: 27.01.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Qanday qilib hech narsani unutmasdan va faol yashash mumkin?
Janubiy Koreya kompaniyasi Wi-Fi’da tezlik bo'yicha inqilob qilmoqchi
Bugun bo‘lib o‘tadigan The Best Football Awards marosimida FIFA kimlarni taqdirlaydi?
Isroilda yahudiy qizlarga ko‘ngil qo‘ygan arablarni ta’qib etishda gumon qilingan 15 kishi qo‘lga olindi
Turkmaniston prezidenti otda qurilish ob`yektlarini ko'zdan kechirdi
Alisher Usmonovning qarz o'rniga undirilgan sobiq yaxtasi sotildi
Dam olish kuni yo'l qo'yiladigan 11 xato
Ko'ngil ayniganda nima qilish kerakligiga doir 12 tavsiya
“Sumerki”da rol ijro etgan o‘zbekistonlik aktyor Alixan gonorari, rollari va oilasi haqida
MRB direktori: Kim Chen In to‘satdan g‘oyib bo‘lsa, buni bizdan so‘ramang
Amerikalik sayyoh O'zbekiston safaridan olgan taassurotlari bilan bo'lishdi
Google'ning Puerto-Rikodagi internet tarqatuvchi havo sharlari (foto)
"Titanik" yo'lovchisining maktubi rekord qiymatga sotildi
Ispaniya Bosh vaziri Kataloniya mustaqilligiga nuqta qo'ymoqchi
Bundan buyon Xitoyda har yili 15 million yangi ishchi o'rni yaratilishi lozim
Buxoroda konditsionerli avtobus bekatlari paydo bo‘ldi
“O‘zbekkonsert” rahbari o‘zgardi
Putin kelajakda atom bombasidan ham xavfliroq narsa nima bo'lishini aytdi
Yakkasaroy hokimiyati o'z binosini Maktabgacha ta`lim vazirligiga bo'shatib beradi
O'zbek shou-biznes vakillari paxta terishmoqda! (Foto)
Mavsumiy kasalliklar: gripp, paragripp, adenoviruslar va rinoviruslar
“Asakabank”ni 9 yil boshqargan Qahramon Aripov O‘zbekiston bog‘cha vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi
Shotlandiyada bolalarni jismoniy jazolash man etildi
Gulnora Karimovaning 784 mln. dollariga AQSh va Niderlandiya da`vo qilmoqda
Ayol kishi nega erkaklardan kamroq pul topishi ma`lum bo'ldi
Google xakerlarni o'z ilovalarini buzib kirganlik uchun mukofotlaydi
Turkmanistonda gazni qayta ishlash bo'yicha eng yirik zavod qurilmoqda
O'zbekistonda yoshligi o'tgan Sobchakning qizi Rossiya prezidenti bo'ladimi?
Bred Pitt Anjelina Jolining yoshligini eslatuvchi qiz bilan uchrashishni boshladi
Yulduzlarning gonorari: O‘zbekistonda qo‘shiqchi va aktyorlar qancha pul topadi?