У нас есть только
оригинальные песни

Markaziy razvedka boshqarmasi Rossiya bilan umumiy ishlarga ega bo'lmaslikka chaqirdi

calendar 29.09.2016
1131

AQShning Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) direktori Jon Brennan Rossiya bir qator sohalarda AQShning dushmani hisoblanishini aytdi va Rossiya bilan birgalikda ishlashni rad etishga chaqirdi. Bu haqda Brennanning CNN telekanaliga bergan interv'yusiga iqtibos keltirgan holda TASS ahborot agentligi habar bermoqda. 
  
"Fikrimcha, biz ular (Rossiya – tahr.) aytayotgan ba`zi narsalarga ishonishimiz va ular shug'ullanmoqchi bo'lgan biror narsadan voz kechishimiz borasida ehtiyotkor bo'lishimiz lozim", deb aytdi Brennan.

MRB direktori Rossiya ko'p jihatdan, jumladan tashqi siyosat va kibersohada AQShning dushmani hisoblanishini aytdi. U Moskvani "tashqi siyosatda tajovuzkorlik amalga oshirayotganlikda" aybladi.

Brennan buni AQSh davlat departamenti rasmiy vakili Jon Kirbi Rossiya go'yoki Suriyada zo'ravonliklar amalga oshirayotgani va tinchlik o'rnatilishiga ko'mak bermayotgani haqidagi so'zlaridan keyin aytdi. 

Kirbi "agar Rossiya harbiy-koinot kuchlari Suriya hududidan olib chiqilmasa, unda yanada ko'proq rus samolyotlari urib tushirilishi" bilan tahdid qilgan.

Яндекс.Метрика