У нас есть только
оригинальные песни

Markaziy saylov komissiyasi rahbariyatida o‘zgarish bo‘ldi

calendar 07.05.2018
814

2018-yil 4-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni Komissiya raisi M.Abdusalomov boshqardi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Muhokama yakunlari bo‘yicha davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlari sayloviga qonun hujjatlari talablariga rioya etgan holda, xalqaro saylov standartlariga muvofiq ravishda, yuqori demokratik saviyada tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish, shuningdek, fuqarolarning davlat hokimiyati vakillik organlariga erkin saylash va saylanishi bilan bog‘liq konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarish, siyosiy partiyalarning davlat hokimiyati organlarini shakllantirish jarayonida faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga oid tadbirlar dasturi tegishli qaror bilan tasdiqlandi.

Shuningdek, majlisda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosarini saylash masalasi ham ko‘rib chiqildi. Ushbu lavozimga komissiya a’zosi Rahimova Gulnoza Abdusattarovna saylandi.

Ma’lumot uchun, G.Rahimova Toshkent davlat universitetini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos. Ko‘p yillar davomida prokuratura organlari tizimida mas’ul lavozimlarda, xususan, 2010-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati rahbari, jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Majlisda komissiya faoliyatiga taalluqli boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Яндекс.Метрика