У нас есть только
оригинальные песни

Mashhur aktrisa eriga xiyonatda ushlandi

calendar 14.02.2015
28107

Ikkinchi marta boy erga turmushga chiqqan aktrisani eri "o'ynash”i bilan ushlab olgach, u bilan ajrashdi. Erining "pulini sog'ib” yurgan vijdonsiz aktrisa ko'ngilxushlikni turmush sadoqatidan ustun qo'ydi. Ana shundaylar, san'at ahliga nisbatan "suyuqoyoq” degan sovuq munosabatlarga sabab bo'ldi. Elda bir ajoyib naql bor: "Tirraqi buzoq podani buzadi!” Qosh-ko'zini bo'yashni biladi-yu, tafakkurini bilim bo'yoqlari bilan bo'yashni unutgan bu aktrisa ancha rollari orqali tanilishga ulgurgan. Xorijda yashab, turmush o'rtog'idan ajrashib qaytgandi. Toshkentda boy er topib, ikkinchi marta oila ham qurdi. Uy-joy, qimmat avtomashina...hammasiga ega bo'ldi. Turmush o'rtog'i unga nisbatan xiyonatini payqab, izini poyladi va shubhalari shubha emasligiga amin bo'ldi. Xushtori bilan ushlagach, ajrashishga qaror qildi. Ijtimoiy tarmoqlarda esa aktrisa ko'ngilxushlik qilib yurgan yigiti bilan birga tushgan "do'stona” suratlarini "reklama” qilishni ham unutmayapti. Bundaylar turmush sadoqatini, oila muqaddasligini qaerdan ham bilsin! Yengil hayot, kayfu safo bo'lsa bas...


Яндекс.Метрика