У нас есть только
оригинальные песни

Mashhur doktor Spokning hech qachon eskirmaydigan 10 maslahati

calendar 11.01.2018
1442

Amerikalik bolalar shifokori, “Bola va uni parvarish qilish” nomli bestseller muallifi, doktor Spok bir necha avlod ota-onalariga katta yordam ko‘rsatdi.

“Agar ota-onalar hamma vaqtini bolaga bag‘ishlasa, doimiy ravishda faqat uning tashvishini cheksa, ular atrofdagilar uchun ham, hatto bir-biri uchun ham qiziqarsiz bo‘lib qoladi.

Ular bolaning dastidan o‘zining to‘rt devor ichida qamalib qolganidan shikoyat qiladi, garchi bunda ularning o‘zi aybdor bo‘lsa ham.

Ma’lum bir darajada birinchi homiladorlik beg‘am yoshlikning tamom bo‘lganini bildiradi. Ayol bola tug‘ilgandan keyin uning o‘yin-kulgilari juda cheklangan bo‘lishini tushunadi.

Lekin, agar ota-ona bolalardan biriga nisbatan chidamsizligi uchun o‘zini aybdor his qilsa, bu bola bilan bo‘ladigan keyingi munosabatlarda paydo bo‘ladigan qiyinchiliklarning sababiga aylanadi.

Bolaga sizning achchiqlanishingizdan ko‘ra, ota-onasining uning oldidagi aybdorlik hissini ko‘tarish ancha og‘irroq bo‘ladi.

Otada vaqti-vaqti bilan xotiniga va farzandiga nisbatan aralash hissiyot paydo bo‘lishiga ajablanmasa ham bo‘ladi.

Lekin er o‘zidan ko‘ra xotiniga ancha qiyinroq ekanligini unutmasligi kerak.

Farzandingiz qanday bo‘lsa, shundayligicha seving, va unda yo‘q sifatlar haqida unuting.

Men bu maslahatlarni tajribalardan kelib chiqqan holda berayapman. Gap shundaki, qanday bo‘lsa shundayligicha sevilgan bola, o‘z kuchiga ishongan va hayotni sevadigan odam bo‘lib yetishadi.

Tarbiyaning natijasi qattiqqo‘llik yoki muloyimlik darajasiga emas, balki sizning bolaga bo‘lgan tuyg‘ularingiz va siz unga singdirayotgan hayotiy qoidalarga bog‘liq.

Onasidan ajralishdan qo‘rqadigan bola, onasining ham bu ayriliqqa qayg‘urishi yoki qayg‘urmasligiga juda sinchkovlik bilan munosabatda bo‘ladi.

Ba’zan, bolaga undan qanday jahlingiz chiqqanini tan olishingiz yordam beradi. Agar siz buni oqilona tarzda amalga oshirsangiz, bu tan olish sizning obro‘yingizni tushirmaydi.

Bola yolg‘onchi bo‘lib tug‘ilmaydi.

Agar u ko‘p yolg‘on gapirsa, demak nimadir unga haddan tashqari kuchli bosim o‘tkazayotgan bo‘ladi.

Agar u yaxshi o‘qimayotgan va shuning uchun yolg‘on gapirayotgan bo‘lsa, gap uni o‘qishning tashvishlantirmasligida emas. Yolg‘on, bu uni juda qattiq tashvishlantirayotganidan darak beradi”.

Яндекс.Метрика