11 sentyabr kuni Toshkent shahridagi
"Mashhura" firmasida O'zbekiston mustaqilligining 24 yilligi munosabati
bilan tadbir o'tkazildi.
Ushbu tadbirda O'zbekistonda xotin-qizlar
qo'mitasi va O'zbekiston ishbilarmon ayollar uyushmasi tashabbusi bilan
mamlakat madaniy va iqtisodiy hayotidagi faolligini kuzatish maqsadida
O'zbekistonga tashrif buyurgan belgiyaliklar delegatsiyasi ham ishtirok
etdi. Mehmonlar uchun, o'quvchilar tomonidan liboslar ko'rgazmasi va
san'atkorlar tomonidan kontsert dasturi uyushtirildi. Shuningdek,
mehmonlar o'quvchilar tomonidan tayyorlangan pishiriq va taomlardan
tatib ko'rib, o'z baholarini berishdi.
Qayd
etilishicha, o'quvchilar o'z qo'li bilan qisqa muddatda yaratgan amaliy
hunarmandchilik namunalari, qandolatchilik mahsulotlari, milliy va
Еvropa taomlari hamda zamonaviy liboslar bilan mehmonlarning hayratlari
va olqishlariga sazovor bo'lishdi.
Ma'lumot
uchun, "Mashhura” firmasi – O'zbekiston xalqi ishonchini qozongan va
yoshlarga hayotda zarur bo'lgan hunarlarni o'rgatish bilan
shug'ullanuvchi etakchi o'quv markazidir.
Markaz o'z faoliyatini
1994 yildan 5ta o'quv kursi bo'yicha yoshlarga hunar o'rgatishdan
boshlagan. 2000 yilda kurslar soni 11taga etgan bo'lsa, bugungi kunda bu
ko'rsatkich 22tani tashkil etadi. Firma qoshidagi filiallarda
«Mashhura» o'quv kurslarini tamomlagan, O'zbekistonda tashkil etilgan
malaka oshirish kurslarida bilimlarini mustahkamlagan mutaxassislar
ta'lim berishadi.
Firmaning Samarqand shahridagi filiali etakchi
mutaxassisi Dilfuza G'afforova «Tashabbus-2006» ko'rik-tanlovida
qatnashib, maxsus diplom bilan takdirlangan.
Markazda hunar
o'rgatishdan tashqari, o'zbek ayollarining ma'naviy kamolotini
yuksaltirishga ham alohida e'tibor qaratiladi. Ko'plab taniqli adiblar
va san'atkorlar bilan uchrashuvlar, ko'ngilli dam olishlar uchun
kontsertlar tashkil etiladi.
Hozirgi
kunda "Mashhura" firmasi 30dan ortiq kasb-hunarga yo'naltiruvchi o'quv
kurslarini tashkil qilgan. Super-kelinchak kurslari, oila psixologiyasi,
kompyuterda liboslarni modellashtirish va bir qator turdagi stilistik
kurslar shular jumlasidandir.
Respublikaning barcha viloyatlarida firmaning o'z filiallari mavjud. Manba: kun.uz