У нас есть только
оригинальные песни

Maslaxatizga muxtojman! (Sirli Sirdosh)

calendar 01.01.2012
5528
 Assalomu alaykum Sirli sirdosh siz bilan dardlashib dardimmi aytgim maslaxat olgim keldi.Meni ismim Araylim ismimdan ma'lum o'zbekmasman.Yoshim 21 da.Tasodifan yo'lda dugonalarim bilan ketayotgandik,bilasiz o'g'il bolla chiroyli qizlaga gap otmasdan ketolmiydi.Orqamizadan 4-5 ta bolla gapirib biza bilan ketma ket kela boshladi.Shunda bollani ichidan bittasi bilan tortishib qoldim,juda ham boy oiladan bo'lganim uchun hammeni dadam sotvolala dedim.Chunki dadam katta ishda ishlardila pul,mashina uylarimiz son sanoqsiz edi.O'zi boyligimizani maqtashni yomon ko'raman lekin bu gaplarni aytishga bollani o'zlari majbur qilishdi.Moshinam turgan joyga yetib kelganimizdan keyin dugonalarim bilan moshinamga o'tirib ketvordik.Bolla esa qarab qolishdi...

Shu bo'lib o'tgan voqeadan keyin oradan bir oy o'tib bir o'zim har doimgi yo'limdan ketayotgan edim,Bir bola yaxshi qiz to'xtang deb qo'limga qozg'oz berib o'zi ketvordi.Uyga kelib qog'ozni ochib o'qisam xat ekan o'zbek tilini unchali yaxshi tushunmaganim uchun xatni to'liq mazmunini anglay olmadim.Lekin xatda "Sizni bir ko'rishda sevib qoldim,ishoning siz juda chiroyli qizsiz,man sizni albatta baxtli qilaman manga imkon bering"degan so'zlari bor edi.O'qib o'ylanib qoldim va tavakkal imkon beraychi dedim.U bola bilan uchrashadigan,teldan gaplashadigan bo'ldik.U bolani ismi Orom millati o'zbek ekan,universitetda 3 kursda o'qirkan.Men uni uchratganimdan afsus qilmadim,u juda yaxshi,aqilli va juda choroyli yigit edi.2yil gaplashib uchrashib yurdik.Bir birimizni sevib qolgan edik juda kuchli miqdorlarda.Oromni dadasi oddiy quruvchi edi,onasi esa bog'cha opa man shuni o'zlab ko'p siqilardim dadam mani aslo oddiy oilaga turmushga bermaydilar.Dadamni kazo kazo o'rtoqlari o'g'liga mani qo'limni so'rab uyimizga kela boshladi.mani boshim qotdi dadam turmush qurishimni xoxlaydilar,dadamni aytishlari buyincham mani dadamni o'rtog'larini o'g'liga turmushga chiqishim juda foydali emish dadamni ishiga ham mani kelajagimga ham.Man aytdim dadamga mani sevganim bor deb.Dadam rosa jahl otiga mindida keyin chaqir man o'sha yigit bilan uchrashaman dedila.Keyin man Oromni uyimizga uchrashuvga taklif qildim.Dadam "dadang stroitel "deb Oromni ustidan rosa kulibdi.Keyin sani 1 yilda topgan pulini man 1 kunda topaman deb xaqorat qilibdila.Judayam jahlim chiqdi Orom boshini egib mani uyimdan chiqib ketdi.Man dadamga aytdim xech qachon sizni xoxlaganizga turmushga chiqmayman deb....

Man Oromga tel qilib uni sevishimni va xech qachon ayrilmasligimizni aytdim.Uchrashib qochib ketishimizni aytdim,u esa faqatgina mani sevgani va man uchun rozi bo'ldi.Ketishimizdan 1 kun oldin uni oilasi bilan uchrashdik,ula bizaga oq fotixa berishdi.13-dekabr kuni New Yorkka uchib ketdik.Bilmadim nega unaqa bo'ldi,New Yorkka yetib kelib taksiga o'tirganimizda biz o'tirgan taksimiz soxta taksi ekan ya'ni aeraportdan odamlarni olib pullarini umarib do'pposlab tashab ketadigan qaroqchini taksisi ekan. Bizadan pul so'ray boshladi lekin iloj bo'lmay Orom ula bilan urushibketdi,nomardlar uni boshiga pichoq qadashdi.Chekka joydaman nima qilishinmi bilmiyman ko'rgan odamla 911 ga tel qilishibdi.Tez tordam mashinasida gospitilga yetib borganimizadan keyin.xech qaysi vrach sevgilimga qaramadi.Baqirdim,janjal qildim,bosh virachni yoniga kirsam u yordam berolmasligini aytib uzr so'radi.keyin bilsam dadamni laychalari bizani topishibdi va vrachlaga yordam ko'rsatmasligini aytishibdi.Boshqa kasalxonaga boray desam kridit kartochkamni muzlatib qo'ygan dadam.Sal turib vrach xonasiga chaqirib tel go'shagini qo'limga tutqazdi allo desam dadam ekan "Agar sevgilini jonini saqlab qolishni xoxlasang mani aytganimni qil,agar tuyga rozi bo'lmasang sevgiling o'ladi " dedi man esa dada sizni yomon ko'raman deb go'shakni qo'yib qo'ydim.Chunki dadamni qo'li hamma yoqqa yetardi.Zor yiglab sevgilimni jonini saqlab qolish uchun rozi bo'ldim keyin doktorlar uni operatsyaga olib kirib ketishdi.Naq 8 soat davom etgan operatsya tugagach uni ko'rish uchun ruxsat soradim .oxirgi marta uni ko'rib o'sha chiroyli yumuq ko'zlariga tikildim,muzlab yotgan lablaridan bo'sa oldim,qo'llaridan o'pib u bilan abadiyga xayirlashdim.Toshkentga kelganimgan keyin tuyim bo'ldi.Oradan 2 yil o'tgandan keyin Orom tuzalib ota onasini bag'riga qaytdi.Mani bevafo,mani tashlab,manga xiyonat qildi deb aytibdi dugonamga.Oradan 5 yil o'tsa ham uylanmabdi.Mani xayotim esa do'zax,Hali farzand ko'rmadim,erimmi sevmayman hoz dadamni avvalgdek obro'si yo'q.Nima qilay ayting qanday maslaxat berasiz erimdan ajralish arafasidaman,sevgilimni yoniga boraymi undan kechirim so'raymi?Mani kechirishini xoxlayman.Qanday maslaxat berasiz?Mani kechirarmikan?

Lauren_Ewans
Яндекс.Метрика