У нас есть только
оригинальные песни

MAVLUDA ASALHO'JAYEVA TOG'RISINI AYTIB MISH MISHLARGA NUQTA QO'YDI.

calendar 09.05.2011
4158
Habaringiz bo'lsa kerak Tv Markaz telekanalida TO'G'RISINI AYTGANDA ko'rsatuvi efirga uzatilmoqda. Bu ko'rsatuvda o'zbek shou-biznes yulduzlariga muhlislar vidio rolik orqali savollar yo'llaydi va shu yo'llangan savollarga yulduzlar to'g'ri vijdonan javob berishlari kerak. TOG'RISINI AYTGANDA ko'rsatuvini bu galgi mehmoni Mavluda Asalho'jayeva bo'ldi. Mavluda Asalho'jayevaga muhlislar juda nozik, o'ta shaxsiy, va qaltis savollar berishdi. Hozir e'tiborizga Mavluda Asalho'jayevaga berilgan eng qaltis savollarni va qaltis savollarga Mavluda Asalho'jevani javoblarini taqdim etamiz.

1. SAVOL: Mavluda opa mana siz turk honandalari qo'shiqlarini o'g'irlab aytasiz. Qo'rqmaysizmi sizni turk honandalari mualliflik huquqini himoya qilib sizni sudga berishidan?

JAVOB: Men turk honandalari qo'shiqlarini o'girlamayman. Aksincha ulardan qo'shiqlarini sotib olganman va sotib olaman. (qiziq sa'natni sotib olish mumkunmi? Qiziq sanat narxi qancha ekan. Bu o'g'rilik bo'lmasa ko'chirmachilik emasmi?).

2. SAVOL: Mavluda opa siz o'z kichkina singlingizni kelin qilib olibsiz. Yaqin qarimdoshlar turmush qurishi mumkun emas ekanini bilmaysizmi?.

JAVOB: To'g'ri men o'z singlimni kelin qildim chunki ular qondosh emas. Meni turmush o'rtog'imi menga uylanishdan oldin oilasi bo'lgan oldingi turmushidan farzandi bo'lgan. Men ular ajrashgani 4 yil bo'lgandan kegin turmushga chiqqanman. Turmushga chiqqanimdan kegin ho'jayimni farzandi Qurbondi onasidan iltimos qilib Qurbondi menga bering deb olib boqib katta qilganman. Qurbon juda yaxshi yigit meni o'z onasiday ko'radi. Singlam ham o'zimiki. Shuning uchun singlimni kelin qildim. Ularni qoni bir emas.

3. SAVOL: Mavluda opa siz Of-of qo'shigi tufayli Hosila Rahimova bilan janjallashibsiz shu rostmi?

JAVOB: Bu mish mish. Hullas hamma sa'natkorlar bir yig'ilishga borgandik. Shu yig'ilishda Hosila of-of qo'shig'ini aytsa bo'ladimi. Meni jahlim chiqib ketdi. Hosilani yoniga borib nega bu ashulani aytyabsan dedim. Hosila bu qo'shiq unga yoqishi bu qo'shiqni shunchaki o'zi uchun aytagini aytdi. Men tushundim ja unchalik janjallashmadik ham Hosila bilan hozir munosabatimiz yaxshi. Men o'zi shunaqa tezmanda. (ana holos og'rini qaroqchi uribdiku. Bu of of qo'shiqni aslida turk honanda Gulshen aytgan)

4. SAVOL:Mavluda opa siz Javohir Zokirov bilan Tv markaz telekanalida ko'rsatuv olib boryatudiz. Nega shu ko'rsatuvni yopdilar?

Avvaluda Mavluda Asalho'jayeva bu savolga javob bermayman dedi kegin boshlovchi maslahati kirib quyidagicha javob berdi.
JAVOB: Bu ko'rsatuvni yopilishiga sabab turli mish mish va tanqidlar. Gazetalarda hatto meni unday o'tirdi bundo turdi deb yozishvordi. Men bu ko'rsatuvni yosh istedodlarni qo'llab quvatlash uchun yaxshi niyatda ochgandim.

5. SAVOL: Mavluda opa siz yoshizga nisbatan ancha yosh ko'rinasiz. Yuzizni necha marta plastik operatsiya qildirgansiz?

JAVOB: Men hali yuzimni plastik operatsiya qildirmaganman. Hasan degan tabib boridi o'shani oldiga borib turardim foydali giyoh olgani. Hozir Hasan ketgan agar kerak bo'lsa operatsiya qildirishim mumkun buni yomon joyi yo'q.

6. SAVOL: Mavluda opa siz el ishonchini qozongan sa'natkorsiz deputat bo'lish niyatiz bormi?

Afsuski bu savolga javob berishdan Mavluda Asalho'jayeva bosh tortdi va savolga javob bermadi ko'rsatuv ham tugadi. Ko'rsatuv davomida Mavludahonim juda hayajondi va asablashdi. Mavluda honimni gaplarini ko'rsatuv boshlovchisi Ravshan Hakimov tog'rilab turdi. Ko'rsatuv ohirida Mavludahonim bunday savollar bo'lishini kutmagani va yaxshi savollar berilmagani uchun hayajonlanib asablashganini aytdi. Lekin Mavluda Asalho'jayeva savollarga samimiy to'g'ri javob berdi.

TV Markaz ijodkorlariga va TO'G'RISINI AYTGANDA KO'RSATUVI MUALIF BOSHLOVCHISIGA Ajoyib ko'rsatuv uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Miranda_89 (barno)

Яндекс.Метрика