Internetning istalgan foydalanuvchisini telefon orqali tinglash, statsionar kompyuterning veb-kamerasi orqali kuzatish mumkin, deb aytdi axborot texnologiyalari sohasi mutaxassisi Aleksandr Galata "Sputnik Moldova” nashriga bergan intervyusida.
Galataning aytishicha, bugungi kunda foydalanuvchining xarakatlarini kuzatishning iloji bo'lmagan dunyoda birorta ham elektron-hisoblash qurilmasi yo'q. Dastur ishlab chiqaruvchi kompaniyalar esa, asosan AQSh kompaniyalari, dasturiy ta'minot ishlab chiqarganda ataylab, foydalanuvchining harakatlarini kuzatish mumkin bo'lgan "teshiklar” qoldirib ketishadi.
"Buning evaziga biror odam muammosiz veb-kameradan ma'lumot olishi yoki uni boshqarishi mumkin”, deb aytmoqda mutaxassis.
Uning aytishicha, zarur bo'lganda veb-kamera nima "ko'rayotganini” muayyan joyga yuborish uchun uning dasturiy ta'minotida avvalboshdan "teshik” qoldirilgan bo'lsa, veb-kamera orqali kuzatuv olib borish mumkin.
Shuningdek, operatsion tizimda, u Windows yoki Macwest yoxud boshqa tizim bo'ladimi, barcha "ko'rayotgan” narsasini muayyan joylarga yuboruvchi yo'riqlar bo'ladi.
"Misol uchun, hozir Microsoft’ning yangi
Windows 10 operatsion tizimi chiqdi. Bu operatsion tizim orqali
foydalanuvchi kompyuterda nima qilayotgani, qanday ma'lumotni
ko'rayotgani, kim bilan gaplashayotgani – bularning barchasi bir kunda
bir necha marta Microsoft serverlariga jo'natiladi”, deb ta'kidlamoqda
mutaxassis.
Mutaxassisning qayd etishicha, istalgan odamning
mobil yoki statsionar telefoni orqali suhbatini tinglash maxsus
xizmatlar uchun umuman muammo emas. Veb-kameradan axborot olish esa
umuman boshqa gap. Bunda "etarli bilimga ega odamlarda” ham axborot
texnologiyalari sohasida bilimlari etmasligi mumkin.
"Bu bilimdon odamlar o'z sohalarida qanday ishlashlarini bilmayman, biroq telefonlar orqali tinglash olib borilishiga 100 foiz ishonchim komil. Buning uchun maxsus qurilmalar va tegishli odamlar mavjud. Barchasi ular sotib olayotgan qurilma va dasturiy ta'minotga bog'liq. Telefonlarni tinglash borasida ular 100 foiz imkoniyatga egalar”, deb qo'shimcha qilib o'tdi Galata.
Ichki o'rnatilgan kameraga ega smartfon va planshetlar egalari shaxsiy ma'lumotlari haqida unchalik ham tashvishlanmasalar bo'ladi.
"Bu qurilmalar to'liq bitta ishlab chiqaruvchi tomonidan yig'iladi. Ularda joylarda qurilmalar bor, ularning o'zlari operatsion tizim – Android IUS’ni o'rnatadilar. Ularga kirish uncha ham oson emas. Agar ma'lumotni olmoqchi bo'lganlar ma'lum markadagi, ma'lum modeldagi telefonning dasturiy ta'minotidagi "teshiklar”dan xabardor bo'lsalar va juda ham istasalargina telefonga kira olishlari mumkin. Biroq men bunga shubha bilan qarayman, chunki bu juda murakkab jarayondir. Chunki ushbu operatsion tizimda va telefonda qanday muammolar borligini aniq bilish lozim. Ya'ni buning umuman iloji yo'q”, deydi mutaxassis.
Galataning ta'kidlashicha, agar jinoyatchilar yoki maxsus xizmatlar vakillari qurilmada saqlab qo'yilgan kimdir haqidagi shaxsiy ma'lumotlarni yoki smartfon veb-kamerasidan videoyozuvni olmoqchi bo'lsalar, buni qilishning amaliy jihatdan umuman iloji yo'q, chunki ishlab chiqaruvchi gadjetlarning dasturiy ta'minotida tegishli "teshiklar” bo'lishi holatini to'liq istisno qiladi.