У нас есть только
оригинальные песни

Mayami yaqinida noma’lum kimsa yetti kishini otib yaraladi

calendar 02.01.2017
1194

1-yanvar, yakshanba kuni AQShning Florida shtati, Mayami shahri tashqarisida noma’lum kimsa o‘t ochishi natijasida yetti kishi yaralandi, deya xabar bermoqda “TASS”.

Associated Press ma’lumotlariga ko‘ra, bir necha kishi ko‘chada uylardan birining yonida turgan vaqtida, yo‘ldan yurib ketayotgan avtomobildagi erkak ularni o‘qqa tutgan, so‘ng voqea joyidan yashiringan.

Huquq-tartibot organlari ma’lum qilishicha, jabrlanganlar Yangi yil munosabati bilan bayram qilish uchun to‘plangan, ular orasida uch o‘smir ham bo‘lgan. Ular kasalxonaga yotqizildi, o‘spirinlardan biri og‘ir ahvolda.

Jinoyatchi qanday maqsadni ko‘zlagani noma’lum. Politsiya uni qidirmoqda.

Яндекс.Метрика