У нас есть только
оригинальные песни

Mayk Tayson Chiliga kiritilmadi

calendar 10.11.2017
1598

Afsonaviy bokschi Mayk Tayson 9 noyabrda Chiliga bu mamlakat qonunchiligini buzgani sababli kiritilmadi. Bu haqda mamlakat politsiyasi xabar berdi. 

“Xalqaro politsiya detektivlari Mayk Taysonni xorijliklar haqidagi qonunni bajarmagani uchun orqaga qaytarib yuborishdi”, deb aytilgan Chili politsiyasining tvitterdagi xabarida.

Tayson 2007 yilda AQShda giyohvand moddalar saqlagani va giyohvand moddalar ta`sirida mashina haydagani uchun 24 soatlik qamoq jazosiga va 3 yillik sinov muddatiga mahkum qilingandi. Chilining xorijliklar haqidagi qonuniga ko'ra, bu mamlakat o'z davlatida yuqoridagi kabi qonunbuzarliklarni amalga oshirgan yoki jazolarga tortilgan odamlarga o'z hududiga kirishni ta`qiqlashga haqli.

Tayson Chilida mahalliy telekanallardan biri tomondan tashkillashtirilgan tadbirda ishtirok etishni rejalashtirgan edi.

Яндекс.Метрика