У нас есть только
оригинальные песни

Mayk Tayson marhum qo‘shiqchi Prins uchun hazilomuz kollaj yordamida aza tutdi

calendar 23.04.2016
1258

Amerikalik bokschi Mayk Tayson Twitter’dagi sahifasiga marhum qo‘shiqchi Prins qiyofasidagi fotokollajini joyladi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Fotokollaj uchun musiqachining “Prince” deb nomlangan ikkinchi albomi muqovasi asos bo‘lib xizmat qildi. Kollajda Prinsning gavdasiga sportchining boshi “o‘rnatilgan”, plastinkaning nomi esa “Printhe” deb o‘zgartirilgan (bokschining nutqidagi nuqsonga ishora qilinmoqda).

“Men butun dunyo kabi motam tutmoqdaman, ammo ruhingni o‘z musiqang bilan nishonlamoqdaman”, — deb yozdi Tayson rasm tagiga.

Avvalroq Ko‘proq Prins nomi bilan mashhur musiqachi Rojers Nelson o‘limidan olti kun avval giyohvandlik vositalarini ortiqcha dozada qabul qilganlik uchun davolangani ma’lum bo‘lgan edi. Prinsning jasadi 21-aprel kuni Minneapolisdagi uyidan topildi. Uning o‘limiga nima sabab bo‘lgani hozircha aniqlanmadi.

Яндекс.Метрика