У нас есть только
оригинальные песни

Maykl Mur AQShning tashqi siyosati haqida film suratga oldi

calendar 29.07.2015
1268

Maykl Mur AQShning tashqi siyosati haqida film suratga oldi29. 07. 2015 09:08 489 A- A+ "Farengeyt 9/11” hujjatli tasmasi muallifi Maykl Mur olti yildan buyon birinchi marta yangi film suratga oldi.Los Angeles Times nashrining yozishicha, "Endi kimga hujum qilsak ekan?” nomli satirik film AQShning tashqi siyosatiga bag'ishlangan. Taqdimot 10 sentyabr kuni ochiladigan Toronto xalqaro kinofestivalida bo'lib o'tadi.Rejissyor va siyosiy faolning fikricha, ixtiloflarga moyillik AQSh harbiy idorasining doimiy ehtiyojidir. Kartina detallari hozircha oshkor qilinmadi, ammo rejissyorning o'zi uni "epik turdagi film” deb hisoblaydi."Siz u (Mur) uzoq vaqt o'ziga xos bir fikr aytish niyatini diliga tukkanini his qilasiz, filmning mohiyati shunda”, – dedi kartinani festivalga qabul qilgan dokumentalist Tom Pauers.O'z navbatida, festival tashkilotchilari "Endi kimga hujum qilsak ekan?” filmini rejissyorning "eng provokatsion va quvnoq” kartinasi sifatida tavsiflashdi. Manba: latimes.com
Яндекс.Метрика