У нас есть только
оригинальные песни

"Maysaraning ishi" dramasi qaytadan sahnalashtirildi

calendar 20.10.2016
1600

O'zbekiston davlat san`at va madaniyat institutida «Maysaraning ishi» dramasi sahnalashtirildi. O'zbekistonda san`atning barcha yo'nalishi singari milliy teatr san`atini rivojlantirish, ijod ahlining samarali faoliyat ko'rsatishi uchun barcha zarur sharoit va imkoniyatlarni yaratish, ma`naviyat maskanlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, tomoshabinlar uchun badiiy mukammal sahna asarlarini taqdim etish masalalariga doimiy e`tibor qaratilmoqda. – San`atkorning asosiy vazifasi odamlarni ezgulikka chorlash, ularning qalbida ulug' maqsadlarni kamol toptirishdir, – deydi O'zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti o'quv teatri direktori Mavlon Xo'jayev. – O'quv teatrimizda yuzga yaqin iqtidorli yigit-qizga o'n nafar pedagog ta`lim bermoqda. Sohaga ko'rsatilayotgan e`tibor samarasida o'z bilimi, iqtidori bilan jamiyatda munosib o'rnini topayotgan, tengdoshlariga ibrat bo'layotgan iste`dodli yoshlar safi kengayib bormoqda. “Maysaraning ishi” spektakli badiiy rahbari O'zbekiston xalq artisti Bahodir Yo'ldoshev, rejissyori Olimjon Dadamirzayev. Rassom Sergey Seduxin. Bosh rollarni institutning iqtidorli talabalari Mohigul Akbarova, Shohruh Nazarov, Fazliddin Qodirov, Maftuna G'afurova ijro etmoqda. Shahnoza Mamaturopova, Temur Mamadaminov (surat), O'zA

Яндекс.Метрика