У нас есть только
оригинальные песни

MC Doni O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishga hissa qo‘shadi

calendar 04.03.2018
1198

MC Doni taxallusi bilan tanilgan rep-ijrochi Dostonbek Islomov O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shish niyatida. Bu haqda “Nuz.uz” xabar bermoqda.

Xonanda Buxoroda “Jin” qo‘shig‘iga klip olishga kirishdi. Video Sharq ertagi uslubida olinishi rejalashtirilgan.

Suratga olish ishlari Yoshlar ittifoqi va Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi ko‘magida bo‘lib o‘tmoqda. Klip Buxoroga sayyohlarni jalb etishga turtki berishi kutilmoqda. Unda qadimiy shahar ko‘rinishlari o‘z aksini topadi.

Ma’lumot uchun, Dostonbek Islomov 1985-yilda Toshkentda tug‘ilgan, bolalik yillari Farg‘onada kechgan. Moskvada ko‘chib o‘tib quruvchi, qo‘riqchi, farrosh bo‘lib ishlagan, dijeylik bilan shug‘ullangan. Timati bilan birgalikda yozilgan “Soqol” klipidan so‘ng tanildi. Hozirda Black Star leybli bilan hamkorlik qilmoqda.

 

Яндекс.Метрика