У нас есть только
оригинальные песни

MDH samaradorligini oshirish dasturi sentabrda qabul qilinadi

calendar 15.06.2016
968

Joriy yilning sentabr oyida MDH davlatlari rahbarlari kengashining Bishkekdagi yig‘ilishida Hamdo‘stlik samaradorligini oshirish dasturining qabul qilinishi kutilmoqda. Bu haqda MDH ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Lebedev ishtirokchi davlatlar mudofaa vazirlari kengashining yig‘ilishida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.

“Sentabr oyida MDH davlatlari rahbarlari kengashining Bishkekdagi yig‘ilishi yilning markaziy voqeasi bo‘ladi; uning yakunlariga ko‘ra Hamdo‘stlik samaradorligini oshirish bo‘yicha harakat dasturining qabul qilinishi kutilmoqda”, — dedi Lebedev.

Яндекс.Метрика