У нас есть только
оригинальные песни

MediaTek kompaniyasidan smartfonlarni quvvatlash uchun supertezkor zaryadka

calendar 01.06.2016
1040

Computex 2016 ko'rgazmasida MediaTek kompaniyasi Pump Express 3.0 yangi maxsus tez quvvatlash texnologiyasini taqdim etdi. Uning yordamida mobil qurilma akkumulyatori o'z quvvati zaxirasini bor-yo'g'i 20 daqiqa ichida 0 foizdan 70 foizgacha tiklay oladi. 

Ishlab chiqaruvchilarning qayd etishicha, bu ko'rsatkich odatiy quvvatlanish imkoniyatini besh martagacha oshiradi va o'z qobiliyati bilan raqobatchi texnologiyalardan deyarli ikki barobarga o'zib ketadi. Pump Express 3.0ni 5 daqiqa quvvatlash 4 soatli suhbatlarni amalga oshirishga eta oladi.  

Kompaniya muhandislari tezroq quvvatlanishni amalga oshirish uchun oraliq zanjirlardan foydalanmay, tokni USB Type C portiga ulangan adapterdan bevosita akkumulyatorga olib o'tishdi. Bundan tashqari, Pump Express 3.0  20ta ichki qurilma himoyasi tizimiga ega. Shuningdek, Pump Express 2.0ga taqqoslaganda energiya yo'qotishni 50 foizga qisqartirishga muvaffaq bo'lishgan. Yangi texnologiya smartfonlarda 2016 yil ishga tushgan MediaTek Helio P20 protsessori bazasida paydo bo'ladi.

Яндекс.Метрика