Medvedev: AQSh bilan munosabatlarni yaxshilashga bo'lgan umidlar butkul so'ndi

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevning fikricha, AQSh sanksiyalar haqidagi yangi qonuni orqali Rossiyaga to'laqonli savdo urushi ochdi. U Rossiya hukumati endi Vashington bilan munosabatlar yaxshilanishiga umid qilmasligini bildirgan.

«Birinchidan, amerikaliklarning yangi ma`muriyati bilan munosabatlar yaxshilanishiga bo'lgan umidlarimiz so'ndi. Ikkinchidan, Rossiyaga savdo urushi ochildi» , - deya yozgan Medvedev Feysbukdagi sahifasi orqali.

Bosh vazirning fikricha, AQSh prezidenti Donald Trampning ma`muriyati «eng sharmandali ko'rinishda» o'z vakolatini kongressga topshirdi.

«Amerikaliklar muassasalari Trampni yengdi. Prezident yangi sanksiyalardan xursand emas, ammo u qonunni imzolamaslikdan boshqa iloji qolmadi. Yangi sanksiyalar mavzusi Trampga o'z joyini ko'rsatib qo'yishlaridan darakdir. Oldinda hali yangi yurishlar bor, asosiy maqsad esa - uni hokimiyatdan chetlatish. Tizimga mos bo'lmagan o'yinchi yo'q qilinadi», - degan u.

2 avgust kuni Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalar yuzasidan yangi qonunni imzoladi. Shu bilan birga u bu qonun imzolanishida konstitutsiyaga zid holatlar bo'lganini qayd etdi.

«Eron, Shimoliy Koreya hamda Rossiyaning tajovuzkor va beqarorlashtiruvchi harakatlarini jazolovchi va tutib turuvchi qat`iy choralarni qo'llab-quvvatlasam ham, bu qonun juda nuqsonlidir. Qonun loyihasini tezroq qabul qilishga intilarkan, Kongress unga bir qator konstitutsiyaga zid holatlarni kiritdi», degan u.

Amerikaliklar kongressining ikki palatasi ham o'tgan oydayoq ushbu qonun loyihasini ma`qullagandi.

Qonundagi asosiy jihatlardan biri - prezidentni Rossiyaga qarshi sanksiyalarni mustaqil ravishda bekor qilish vakolatidan mahrum qilishdir.

Endilikda qo'llangan sanksiyalarni bekor qilish uchun prezident o'z asoslari bayon qilingan so'rovni ikki palata qo'mitalariga kiritishi kerak bo'ladi, kongressmenlar 30 kun ichida javobini bildiradi.

Sanktsiya mohiyati

Ushbu qonun Qrim Rossiyaga qo'shib olinishi va Donbassdagi voqealar ortidan 2014 yilda qo'llangan sanksiyalarni to'ldiradi va umumlashtiradi.

Ko'plab ekspertlarning fikricha, yangi sanksiyalar to'g'risidagi qonun AQSh yoki G'arbdagi boshqa moliya tashkilotlari yoki kompaniyalar Rossiyadan uzoqlashishiga olib keliadi

Hujjatda prezidentdan sanksiyalarni bekor qilish vakolatini olishdan tashqari, sohaviy sanksiyalar ko'zda tutilgan. Xususan, u Amerika sanksiyalari ro'yxatiga kiritilgan Rossiya banklarini moliyalashtirishning eng yuqori muddatini imkon qadar qisqartirib, 14 kunga tushiradi. Neftegaz sohasini moliyalashni 60 kungacha qisqartiradi. Qolaversa, bu sanksiyalar texnologik cheklovlarni o'z ichiga qamrab olgan.

Qonunda Putin nomi bir necha marta eslangan.

 


Комментарии (0) | Добавить: 03.08.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Sochlarni qanday qilib to‘g‘ri quritish kerak?
Shavkat Mirziyoyev Bosh prokuraturaga dori masalasini tanqidiy o‘rganishni topshirdi
«Barselona» Maskeranoning ketishini e’lon qildi
Rossiya shaharlariga qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
40 yosh ostonasidagi Rayhon: “Sizda oila yo'qmi, demak, hech narsangiz yo'q”
Toshkent viloyatida 38 mln so'mlik otlar o'g'irlab ketildi
Jahon chempionati kubogi O‘zbekistonga 6-fevralda keladi
«Facebook» yangi vaqt o‘lchov birligini yaratdi
Qur`oni karim lotin alifbosida ham chop etiladigan bo'ldi
Nokia besh kamerali smartfon ishlab chiqarmoqda
Osiyo chempionati dastlabki finalchisi aniq bo'ldi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xorijda ishlash istagida bo'lganlarga murojaat qildi
Orol dengizi suvida faqat bitta jonzot omon qoldi
Suvni qachon ichgan ma`qul: ovqatgacha, undan keyin yoki ovqatlanish davomida?
Rasman: O‘zbekistonda «Real Madrid» klubining futbol maktabi ochiladi
Ta’tildan qaytgach, ishga kirishish qiyin bo‘ladi. Nima qilish kerak?
Milliy xavfsizlik xizmati faoliyati ustidan Parlament nazorati mexanizmlari belgilanadi
Ulug‘bek Qodirov yangi qiyofada. Xiva xonligi bosh vazirining sirli o‘limi haqida film suratga olinadi
Toshkentda 6 kishi bir kishini temir va yog‘och bilan urib tashladi
«GM Uzbekistan» «Chevrolet Orlando» ishlab chiqarishni to‘xtatmoqda
Xitoyda sog'lom uyqu uchun antiqa karavot yaratildi
Suares «Barselona» tarixiga kirdi
O'zbekistonda o'lcham birliklari tartibga solinadi
Eronning eng yirik zamonaviy harbiy kemasi ikkiga bo'linib ketdi
Video: Prezident Shavkat Mirziyoyevni bir kuni
O‘zbekistonda anomal issiq havo harorati kuzatilmoqda
Neymarning o'rnini bilintirmayotgan futbolchi
Facebook o'z lentasida OAV yangiliklarini kamaytiradi
G'ijduvon va Urgutda Qur`on musobaqasi g'oliblari aniqlandi
Eron Turkiyaga ultimatum qo'ydi