У нас есть только
оригинальные песни

Medvedev Putinga davlat boshqaruvini isloh qilishni taklif etdi

calendar 22.04.2016
1055

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev prezident Vladimir Putinga davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish bo‘yicha komissiya yaratish taklifi bitilgan maktubni yo‘naltirdi, deya xabar bermoqda “Vedomosti” hujjat matniga tayanib.

Unda Medvedev davlat boshqaruvida hukumat organlari o‘rtasida hamjihatlik yo‘qligini, u kompleks vazifalarni bajarishda zarur ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, bosh vazir fikricha, muassasalar ishining tashkil qilinishi ustidan tashqi nazorat ham mavjud emas, davlat boshqaruvi tizimining o‘zi esa “ko‘p hollarda sobiq ittifoqqa xos jihatlarni saqlab qolgan, nazoratning eski usullariga tayanadi”.

O‘z maktubida Dmitriy Medvedev har bir vazirlik uchun samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlarini (KPI) aniqlash va davlat hukumati uchun tushunarli “uskunalar paneli”ni yaratishni taklif qildi. Bosh vazir fikricha, vazirlar KPI’ga erishish uchun shaxsiy javobgarlikka ega bo‘lishi va “shunchaki topshiriqlarni bajargani haqida hisobot bermasligi kerak”.

Medvedev ushbu masalalarni ko‘rib chiqish uchun prezident rahbarligidagi maxsus komissiyani tuzishni taklif etdi. Komissiya o‘rinbosari lavozimiga u o‘zini taklif qildi, komissiya a’zolari esa vazirlar, deputatlar, senatorlar va ekspertlar bo‘lishi kerak.

Taxmin etilishicha, komissiya mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti strategik parametrlarini ishlab chiqishni muvofiqlashtiradi. Shuningdek, komissiya vazirliklar va idoralar qaramog‘idagi muassasalar tizimini optimallashtirish, KPI’ga erishishni nazorat qilish, axborot texnologiyalarini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.

Яндекс.Метрика