Suriya Rossiya havo kosmik kuchlari tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiya birinchi navbatda Rossiya xalqini terrorchilikdan asrash uchun zarur. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev bayonot berdi.
"Biz Rossiya xalqini terrorchilik xavfidan himoya qilmoqdamiz, chunki
bu ishni mamlakat ichida qilgandan ko'ra chet elda qilgan ma'qulroq”, -
dedi u "Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyuda.
Uning eslatib o'tishicha, Rossiya "oxirgi 20 yilda terrorchilikka qarshi kurashning og'ir tajribasiga ega bo'lgan”.