У нас есть только
оригинальные песни

Medvedev Saakashvilining Odessaga gubernator etib tayinlanishini “shapito-shouning davomi” deb atadi

calendar 31.05.2015
1192

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvilining Ukrainaning Odessa viloyatiga gubernatori etib tayinlanganiga o‘z munosabatini bildirdi. Bu haqda RBC.ru xabar bermoqda. Foto: TASS Foto: TASS "Saakashvili – Odessa viloyati rahbari. Shapito-shou davom etadi. Baxtsiz Ukraina…”, – deb yozdi Medvedev Twitter’dagi akkauntida. Avvalroq Saakashvilining Ukrainadagi viloyatga rahbar etib tayinlanganini Rossiya Tashqi ishlar vazirligining inson huquqlari bo‘yicha vakili Konstantin Dolgov tanqid qilib chiqqandi. Poroshenko shanba kuni Saakashvilini Odessa viloyatining yangi rahbari etib tayinlash haqidagi farmonni imzolab, shu kunning o‘zida uni viloyat jamoatchiligi va aholisiga tanishtirdi. Tanishtirish marosimida Saakashvili Odessani "eng katta foydalanilmagan imkoniyatlar shahri” deb atab, uni "butunjahon mo‘jizasi”ga hamda sayyohlar va investorlarni jalb qilish yo‘li bilan Qoradengizbo‘yi poytaxtiga aylantirishga va’da berdi. Avvalroq Saakashvili jamoatchilik asosida Ukrainada islohotlarni o‘tkazish bo‘yicha xalqaro maslahat kengashiga rahbarlik qilayotgandi. Unga mamlakat hukumatidan ham lavozim taklif qilishgandi, biroq u bu taklifni rad etgandi. Gruziyada esa Saakashvili davlat mablag‘larini talon-taroj qilishda ayblanib, qidiruvga berilgan.
Яндекс.Метрика