У нас есть только
оригинальные песни

Mehmonxonalarni band qilish uchun eng yaxshi vaqt ma`lum qilindi

calendar 06.05.2018
867

Mehmonxonalarni band qilishning eng past qiymatiga doir ma`lumotlar tahlil qilindi. TravelDailyNews nashri TripAdvisor'ning "Mehmonxonalarni band qilish uchun eng yaxshi vaqt" hisoboti bilan bo'lishdi. 

Tadqiqotga ko'ra, Osiyoda mehmonxonalarni sayohatga besh hafta qolganda band qilgan ma`qul, bu 22 foizgacha mablag'ni tejash imkonini beradi. Parij va Londonga sayohatni rejalashtirayotgan turistlar uchun ham xuddi shunday vaqt tavsiya etiladi. 

Bangkokda mehmonxonani band qilish uchun eng yaxshi vaqt — sayohatdan uch oy oldin (16 foizgacha tejaladi), Xanoyeda — ikki oy oldin (14 foiz), Tokioda esa - bir oy oldin (30 foiz) ekani ma`lum qilingan.

Yevropa shaharlariga keladigan bo'lsak, u yerlarda yashash uchun mehmonxonani bir necha oy avval band qilgan maqsadga muvofiq. Masalan, Barselonaga sayohat qilmoqchi bo'lsangiz, mehmonxonani 3-9 oy oldin (23 foiz), Rim va Pragaga 3-8 oy ilgari (22 foiz) band qilganingiz ma`qul.

Яндекс.Метрика