У нас есть только
оригинальные песни

Mehnat faoliyatingizga ijobiy yordam beradigan 7+1 bonus til haqida

calendar 21.08.2017
1386

Faqatgina bir tilda suhbatlashish mehnat faoliyatingizda sizni ortda qoldirishi mumkin. Agar siz mansab pillapoyalaridan ko'tarilishni istasangiz yoki chet ellarda yangi imkoniyatlar qidirsangiz, ikki yoki undan ko'p tilda bemalol suhbatlashish bir tilli hamkasblaringiz qarshisida ustunlik taqdim etadi. 

Quyidagi 7 tildan birini a`lo darajada bilish (ingliz tilidan tashqari) ish qidirishda qator foydalarni taqdim etadi.

Mandarin Xitoy tili

Mandarin tilining global miq'osdagi ta`siri so'nggi vaqtlarda kengayib bormoqda. AQShdagi keyingi eng yirik iqtisodga ega Xitoy iqtisodiyotining davomli va tez o'sayotgani Mandarin tilini jahon biznesida ingliz tilidan keyin eng muhim tilga aylantirdi. 

Ingliz tili barobarida xitoychani ham juda yaxshi bilish salohiyatli ish beruvchi uchun juda ham muhim jihat hisoblanadi. 

Nemis tili

Yevropada ishlashni xohlagan har qanday kishi nemis tilini o'rganish uchun vaqt sarflaganidan afsuslanmaydi deyish mumkin. Germaniya YeIning eng yirik iqtisodiyoti bo'lishi barobarida Markaziy Yevropaning qator mamlakatlarida nemis tili rasmiy til hisoblanadi. Dun'o bo'ylab 130 mln atrofidagi kishilar aynan shu tilda so'zlashadi. 

Germaniya kompaniyalari ko'p hollarda o'zlari faoliyat yuritayotgan sohalarning yetakchilari hisoblanishadi. Misol uchun, Allianz Worldwide, Siemens, Deutsche Bank Group va BMW shular jumlasidan.

Ispan tili

Jug'rofiy jihatdan olganda, sayohat va xalqaro muloqot chog'ida boshqa tillarga qaraganda ispan tilini bilish ustunlik kasb etgan. 400 mlndan ortiq ushbu tilda so'zlashuvchilardan tashqari, dun'oning katta qismida ispan tilida xizmat ko'rsatish asosiy jihatlardan biridir. U 21 davlatda asosiy tildir. 

Qayd etish kerak, ispan tili Janubiy Amerikaning gurkirab rivojlanayotgan Ekvador va Paragvay kabi davlatlarining rasmiy tili hisoblanadi. AQShda ham ispan tilini bilgan kishiga ish beruvchilar jiddiy yondashishadi. 

Portugal tili

Portugalcha so'zlasha oladiganlar uchun talab Braziliya iqtisodiyoti barqaror o'sayotgan bir vaqtda ortib bormoqda. British Council hisobotiga ko'ra, Lotin Amerikasining ushbu mamlakati YaIM 2020 yilga kelib, Fransiya va Buyuk Britaniya ko'rsatkichlarini ortda qoldiradi. Bundan tashqari, Braziliya madaniyati o'tgan yillar mobaynida ham jahon diqqat markazida bo'ldi, desak xato qilmagan bo'lamiz. 2014 yilgi futbol bo'yicha Jahon birinchiligi, 2016 yilgi Olimpiya o'yinlari shular jumlasidan. 

Lotin Amerikasida ikkinchi eng yirik til hisoblanuvchi va dun'o bo'ylab 215 mlnga yaqin so'zlashadigan til sifatida portugal tili Yevropada ham eng tez rivojlanayotgan tillardan biridir. 

Yapon tili

Fan va texnologiya sohasida ishlashni yoki izlanishlar olib borishni xohlagan har bir kishi uchun yapon tilini bilish juda ko'p imkoniyatlar eshigini ochishi mumkin. Yaponiyaning robot texnologiyalarini rivojlantirishda taraqqiy etgani sababli yapon tili "robotlar tili", deb atalmoqda.

Bu tilda 125 mlnga yaqin yapon millatiga mansub xalq so'zlashadi. Garchi bu til ispan tilichalik sayohat chog'ida yordam bermasa-da, Yaponiya dun'oning uchinchi eng yirik iqtisodiyoti ekanini unutmaslik kerak. 

Frantsuz tili

Ha, albatta, tillar ro'yxatida fransuz tilini e`tiborga olmaslik ham to'g'ri bo'lmaydi. Bu til Yevropada keng tarqalgani barobarida Afrikaning tez sur`atlarda rivojlanayotgan ayrim mamlakatlari ham uni rasmiy til sifatida qabul qilishgan. Taxminlarga ko'ra, 2050 yilga kelib, fransuz tilida so'zlashuvchi Afrika aholisi ko'payishi ortidan 700 mlndan ortiq inson shu tilda muloqot qiladi. 

Frantsuz tili xalqaro diplomatiya tili hamdir. BMT va JSTning rasmiy tillaridan biri hisoblanadi. Bundan tashqari bu tilni bilgan sayyohlar qiyinchiliklarga kam duch kelishadi. 

Arab tili

Jahon tillaridan biri bo'lgan arab tilida dun'o bo'ylab 300 mln atrofida fuqaro suhbatlashadi. Bu tilni bilish energetika, qurilish va ko'chmas mulk bilan shug'ullanish borasida Yaqin Sharq darvozalarini ochadi. Arab tili rasmiy til bo'lgan qator mamlakatlar AQSh va Buyuk Britaniya bilan hamkorlik qilib, yiliga mlrdlab dollar daromad ko'rmoqda. 

Shu o'rinda bonus sifatida ushbu ro'yxatga kiritilmagan yana bir til haqida qisqacha to'xtalsak. 

Rus tili

Jahon tillaridan biri hisoblanuvchi rus tili sharqiy yarim shar va dun'oning hududiy jihatdan eng yirik davlati Rossiya va qator qo'shni mamlakatlarda rasmiy til hisoblanadi. MDH va Sharqiy Yevropa, Boltiqbo'yi hamda dun'oning turli burchaklarida rus tilida so'zlashuvchilar soni 400 mln kishidan ortadi. 

Rossiya O'zbekistonning yirik savdo-iqtisodiy hamkorlaridan biri ekani e`tiborga olinsa, ushbu davlat tilini boshqa xorijiy tillar qatori a`lo darajada bilish ham mutaxassisga ulkan imkoniyatlar eshigini ochishi shubhasiz. 

Яндекс.Метрика