У нас есть только
оригинальные песни

Mehnat kodeksi xususiy korxonalarga nisbatan ham tatbiq etiladi

calendar 17.12.2017
1191

SAVOL: Men xususiy korxonadan ish topdim. Meni bir narsa o'ylantiryapti: agar mening xodim sifatidagi huquqlarim nodavlat, ya`ni xususiy tashkilotda buzilgan bo'lsa, men yordam so'rab vakolatli tashkilotlarga murojaat qila olamanmi?

T.Azimov

JAVOB: Albatta, murojaat qila olasiz. Mehnat kodeksining amal qilish doirasi mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat`i nazar, barcha ish beruvchilar va xodimlarga (mehnat shartnomasi asosida faoliyat yuritayotgan) nisbatan tatbiq etiladi.

Siz ishga joylashmoqchi bo'lgan xususiy korxonaning ish beruvchisi ham davlat tashkilotlari rahbarlari bilan bir xil javobgarlikka ega. Barcha hollarda ham mehnat munosabatlarining vujudga kelishiga Siz va ish beruvchi o'rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi asos bo'ladi. Biroq shuni e`tiborga olish lozimki, barcha tashkilotlar Konstitutsiya va Mehnat kodeksiga zid bo'lmasligi zarur bo'lgan, o'zlarining ichki tartib qoidalarini o'rnata oladilar.

Savolga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yuridik xizmati rahbari Davlatnazar Matrasulov javob berdi.

Яндекс.Метрика