Mehnat migrantlari uchun maslahatlar: Bir yildan so'ng Rossiyani albatta tark etish kerakmi?

2015 yil 1 yanvargacha Rossiya qonunchiligiga ko'ra vizasiz davlatlardan kelgan chet el fuqarolari RF hududiga kirgan vaqtdan boshlab bir yilgacha mamlakatda yashashlari mumkin edi, zero ishga ruxsatnoma bir yil muddatga berilardi. Ruxsatnoma muddati tugagach, migrant ishdan bo'shab, RF hududini tark etishi lozim edi.

2015 yil 1 yanvarga qadar «Rossiya Federatsiyasidagi chet el fuqarolarining huquqiy holatlari haqida»gi 115-sonli Federal Qonunning 5-qism, 5-moddasida «Viza talab etilmaydigan mamlakatlardan Rossiya Federatsiyasiga kirib kelgan chet el fuqarosining ishlash (xizmat ko'rsatish) uchun imzolagan mehnat shartnomasi yoki fuqaroviy-huquqiy shartnomasi hamda ishlash uchun ruxsatnomasi muddati chet ellik fuqarosining Rossiya Federatsiyasiga kirib kelgan kunidan boshlab bir yildan oshmasligi lozim», deb ko'rsatilgan.

Aksariyat odamlar hanuzgacha o'sha talabni yodda tutgan holda RFga kirib kelgan kundan boshlab bir yil muddatda mamlakatni tark etishga harakat qiladi. Vaholanki, ayni paytda bunday talablar yo'q.

Bugungi kunda agar chet el fuqarosi patent rasmiylashtirib, unga tegishli to'lovlarni o'z vaqtida amalga oshirib borsa, u holda patent muddati tugagunga qadar uning vaqtincha yashash muddati ham uzaytirilib boriladi. Biroq, navbatdagi avans to'lovi fuqaroni yashash joyidan registratsiyadan o'tish vazifasidan ozod etmaydi. Masalan, patent to'lovi bir oyga amalga oshirilgan, demak, yashash joyidagi «uchyot»ni ham bir oyga uzaytirish lozim.

115-sonli FQga ko'ra, vizasiz rejim asosida RF hududiga kirib kelgan chet el fuqarosining yashash muddati 90 kundan oshmasligi lozim. Qonunda, shuningdek, mazkur muddatni uzaytirish imkoni ham ko'rsatilgan.

Unga ko'ra, yashash muddati chet el fuqarosiga berilgan patent muddatiga muvofiqlashtirilgan. Ya`ni, RFga kirib kelgan chet el fuqarosining yashash muddati unga patent berilishi orqali uzaytiriladi. Shuning uchun patent muddati yoki uning qayta rasmiylashtirishi avtomatik tarzda chet el fuqarosining RF hududida yashash muddatini uzaytiradi.

Agar patent uchun to'lov o'tkazgan bo'lsangiz va patent muddati tugamagan bo'lsa, siz migratsiya «uchyoti» (registratsiya) ni patent muddati tugagunga qadar uzaytirishingiz mumkin. Ya`ni, endi RF hududiga kirgan vaqtingizga bir yil to'lgandan so'ng mamlakatni tark etishingizga hojat qolmaydi.

Botirjon Shermatov,

Yurist-konsultant.


Комментарии (0) | Добавить: 02.10.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Bred Pitt Anjelina Jolining yoshligini eslatuvchi qiz bilan uchrashishni boshladi
Yulduzlarning gonorari: O‘zbekistonda qo‘shiqchi va aktyorlar qancha pul topadi?
Madaniyat vazirligi Sharof Rashidovga shaxsan tegishli bo'lgan buyumlarni xarid qiladi
Twitter xavfsizlik tizimini kuchaytiradi
Yangi vazirlikka ayol kishi rahbar etib tayinlandi
Apple rasmiy servislarda ta`mirlanmagan smartfonlarni bloklamoqchi
Qozog‘iston kartoshkasi qimmatlab, O‘zbekistonga olib chiqib ketilmoqda. O‘zbekistondagi talab Qozog‘iston kartoshka bozoriga qanday ta’sir
Putin dunyodagi geosiyosiy vaziyatga izoh berdi
Toshkentda yangi haydovchilik guvohnomalarining berilishi 20-oktabrdan boshlanadi
Toshkent, Sirdaryo, Jizzaxda terimchilar bir kilogramm paxta uchun 800 so‘mdan, qolgan hududlarda 700 so‘mdan haq olishni boshladi
Kreml: Putin o'z nomzodini qo'yishi haqida hozircha indamadi
Ishda unumli tanaffuslar tashkil qilishning 5 usuli
Go'sht va baliq narxlari oshmasligi uchun qaror qabul qilindi
O'zbekiston razvedkasi Britaniyadagi musobaqada g'olib bo'ldi
Ko‘proq narsaga ulgurish va kamroq charchashning 5 yo‘li
UZ ma’muriyati Osiyo-Tinch okeani yuqori daraja domenlari assotsiatsiyasiga a’zo bo‘lib kirdi
Buxoroda “balo-qazolardan xalos etish” evaziga 5 ming dollar olgan folbin qo‘lga olindi
MRB Lulu laqabli itni portlovchi moddalarni qidirishni istamagani uchun ishdan bo‘shatib yubordi
Koreyalik mutaxassislar Toshkent aeroportini yaxshilashga yordam beradi
Dunyoda har kuni 5 yoshgacha bo'lgan 15 ming bola hayotdan ko'z yumadi
20 oktabr kuni O'zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma`lumoti
Sochi yaqinida o'zbekistonlik xavfli jinoyatchi ushlandi
Odil Ahmedov Osiyo chempionlari ligasi finalida o'ynamaydi
Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) sevgan 10 ta oziq-ovqat
Shohruhxon va Asal Shodiyevadan yangi fotosessiya
Apple’ning yangi egiluvchan smartfoni haqida batafsil ma’lumotlar paydo bo‘ldi
Moskva sudi Telegram’ni FXX talabini bajarmagani uchun 14 ming dollar jarimaga tortdi
Ramzan Qodirov shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari​ning qabrini ziyorat qildi
Qirg'izistonning yangi prezidenti Sooronboy Jeenbekov, uning oilasi va qarindoshlari haqida nimalar ma`lum?
Qanday qilib uyqudan yaxshi kayfiyat bilan uyg‘onish mumkin?