Mehnat migrantlariga maslahatlar: «90/180 qoidasi» yoxud «kirdi-chiqdi» qilib yurganlarga ogohlantirish

Hozirgi kunda talaygina yurtdoshlarimiz patent olmasdan, har 3 oyda «kirdi-chiqdi» qilib yurganlari haqida xabarlar kelmoqda va bu to'g'risida savollar berilmoqda. Bunday qilish noto'g'ri va bu narsa Rossiyaga kirishga 3 yilgacha taqiq qo'yilishiga olib keladi.

2014 yil yanvar oyidan «90/180 qoidasi» kuchga kirgan. Unga ko'ra, Rossiyaga viza olmasdan kelishi mukin davlatlar fuqarolari Rossiya hududida 180 kun ichida hammasi bo'lib faqat 90 kun yurishlari mumkin. 90 kun yurgan shaxs Rossiyani tark etishi kerak va u Rossiyaga yana 90 kun o'tkazibgina qayta kirishi mumkin. Agar oxirgi 6 oy (180 kun) ichida bir necha marta Rosiyani tark etgan va qayta kirgan bo'lsa ham shu 180 kun oralig'ida Rossiyada bo'lgan kunlarini hisoblaganda 90 kunga yetgan bo'lsa, Rossiyani tark etishi va yana 90 kun o'tkazib qayta kirishi lozim.

Boshqacha qilib aytganda, «vizasiz» davlat fuqarosi RF hududiga kirgan kunidan 90 kun ichida bu yerda vaqtincha turish (registratsiya) muddatini uzaytirish uchun hujjatlarni rasmiylashtirmagan bo'lsa, Rossiyani tark etishi kerak. Bunday holatda, 90 kun o'tgungacha Rossiyaga qayta kirmasligi kerak. Bunga ko'pchilik yurtdoshlarimizda bo'ladigan holatni misol keltirish mumkin. Masalan, Rossiyaga kirgandan keyin 3 oy ichida patent rasmiylashtirish va «registratsiya» muddatini cho'zdirib olish kerak. Agar shu 3 oy ichida buning iloji bo'lmasa, zudlik bilan Rossiyani tark etish va oradan 90 kun o'tmasdan qaytib kelmaslik kerak.

«90/180 qoidasi»ni buzganlarga FMS tomonidan «registratsiya», patent, «RVP», «VID na jitelstvo» kabi hujjatlar berilmaydi va Rossiyani tark etgan kunidan 3 yil muddatga Rossiyaga kirishga «zapret» (taqiq) qo'yiladi.

«Zapret» birdan emas, bir oz vaqt o'tib qo'yiladi. Shuning uchun, «zapret» haqida ma`lumot bazaga kirmaguncha, ushbu qoidani buzgan shaxs bemalol chegaradan o'tib kelishi mumkin. Shunday holatlarga guvoh bo'lgan yurtdoshlarimiz bizga «Falonchi patent olmay, har 3 oyda chegaraga chiqib kelmoqda. Unga «zapret» quyishmadi, demak shunday qilsa bo'laverarkan», kabi fikrlarni aytishmoqda. Biz amaliyotda juda ko'p shunday qoidani buzganlarga «zapret» qo'yilganiga guvohi bo'lyapmiz. Hattoki oradan 1–2 yil o'tib «zapret» qo'yilmoqda.

Shuning uchun, agar kelajakda Rossiyada ishlashni maqsad qilgan bo'lsangiz, Rossiyaga kirgan kuningizdan 30 kun ichida patent olish uchun hujjatlarni topshiring va registratsiya muddatini cho'zdirib yuring.

Quyidagi shaxslarga nisbatan «90/180 qoidasi» qo'llanilmaydi:

  • Patent olib ishlayotgan migrantlarga (faqat registratsiya muddatini cho'zdirib yurish kerak);
  • «Razresheniye na vremennoye projivaniye» (RVP) va «VID na jitelstvo»si borlar uchun;
  • Rossiya o'quv yurtlarining kunduzgi bo'limida tahsil oluvchi talabalar uchun;
  • «Vizali» davlatlardan kelgan migrantlar uchun;
  • Qochoq maqomiga ega va vaqtincha boshpanali (VU) migrantlar uchun.

Aytish kerakki, YevrAzESga a`zo davlatlar (Qozog'iston, Belarus, Armaniston va Qirg'iziston) fuqarolari ham «90/180 qoidasi»ga amal qilishlari shart.

DIQQAT! Shu o'rinda yana bir muhim masalani aytib o'tish lozim. Pasportni chegaraga olib chiqib kelishni taklif qiluvchi shaxslar ham mavjud. Ba`zi ishonuvchan odamlar o'z pasportlarini shunday «yordamchi»lar orqali chegaraga «kirdi-chiqdi» qilish uchun berib yuborayotganlari haqida xabarlar kelmoqda. Bunga jinoiy javobgarlik mavjud. Hech qachon pasportni birovga bermaslik kerak. Har kim shaxsan o'zi chegarani kesib o'tishi shart. O'zi bormasdan, birovlar orqali xuddiki chegarani kesib o'tgan pasport haqida ma`lumot chegara xizmati va FMS bazasida bo'lmaydi. Bunday qilmish ko'plab muammolarga olib keladi.

Shuning uchun, aziz yurtdoshlar, aldanib qolmanglar, chegarani kesib o'tish uchun doim o'zingiz boring!

 

Botirjon Shermatov,

Yurist – konsultant.


Комментарии (0) | Добавить: 05.10.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Ronalduni o'z farzandi butun internetda sharmanda qildi …
Mourino darvozabon boshiga butilka bilan urdi
Yevropa Ligasi. Qur`a qanday kuchli juftliklarni hosil qildi?
Jeenbekov O'zbekistonga aloqador bitimni ma`qulladi
Neymar yana qiliq ko'rsatmoqda
2020-yilga kelib yo‘qoladigan 30 ta odatiy buyum
Zilzila vaqtida namoz o‘qiladimi?
O‘zbekiston uchun 1948-yilda AQShda imzolangan konvensiya kuchga kirdi
AQSh Davlat kotibi: Qo‘shma Shtatlar Shimoliy Koreya bilan muzokaralarga tayyor
Oq uy: Rossiya va Xitoy AQSh milliy xavfsizligiga tahdid tug‘diradi
Banklar tomonidan haq olinmaydigan xizmatlar qanday? (ro'yxat)
«Bizga ham kerak emas» - Ukraina Rossiya bilan temir yo'l qatnovini to'xtatmoqchi
Germaniya 2017 yil shamoldan energiya olishda rekord qo'yadi
Endi bachadon kerakmas...mi?!
Kumush saratonni davolashi aniqlandi
Xiaomi'ning hoshiyasiz Mi Mix 3 smartfoni suratlari tarqaldi
Og‘riq qoldiruvchi dorilar xavfli kasalliklarni keltirib chiqarishi aniqlandi
Qozog'iston ko'mir konidagi ishchilar yer yuzasiga chiqishdan bosh tortishmoqda
Samsung smartfonlarni zaryadlovchi "aqlli" kiyimni ixtiro qildi
Dubayda salkam 300 mln dollarlik safari-hayvonot bog'i ochiladi
Qozog'istonda Rossiya telekanallari o'chirib qo'yildi
Iblis izmidagi oqsoch
«WI-FI» BOLALAR SALOMATLIGIGA O'NGLAB BO'LMAYDIGAN ZARAR YETKAZADI
Tovuq tuxumi ichida brillant bor ekan
Koinot vaqti butunlay to'xtab qolishi mumkin
«Arsenal» yana ochko yo'qotdi
Avtomobildan foydalanish imkoniyatlari kengaymoqda - obuna bo'lish, karshering va ijara
Aeroporti yo'q 6 mamlakat: U yerlarga qanday borish mumkin?
Megalomaniya buyuklikka intilgan telbalar kasalligimi?
10 dekabr – O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun