У нас есть только
оригинальные песни

Mehnat muhojirlariga mo‘ljallangan “Migrant” mobil dasturi ishga tushdi

calendar 21.09.2015
1772

LexMobile yuridik firmasi yangi ijtimoiy loyiha — "Migrant” mobil dasturi ishga tushirilgani haqida ma’lum qildi.

Ushbu servis Rossiya va undan tashqarida mehnat qilayotgan mehnat muhojirlariga rus, o‘zbek va tojik tillarida xizmat ko‘rsatadi. Hozirgi paytda dasturdan foydalanuvchilar uchun Rossiyaga kirish uchun taqiq bor-yo‘qligini aniqlash, patent va ishga ruxsatnomaning haqiqiy ekanini tekshirish imkoniyati mavjud. Hozircha u Android platformasi negizida ishlaydi va istiqbolda iPhone uchun alohida versiyasi ishga tushiriladi (Android uchun mo‘ljallangan "Migrant” dasturini mazkur havola orqali ko‘chirib olish mumkin).

"Dastur mehnat muhojirlari uchun oddiy yagona interfeys orqali ijro hokimiyatiga qarashli turli organlar ko‘rsatayotgan xizmatlardan foydalanishga imkon beradi. Zero, muhojirlarning barchasida ham kompyuter bor, deya olmaymiz va ko‘pchilikka davlat organlari, jumladan Rossiya Federal migratsiya xizmati ma’lumot resurslaridan foydalanish oson kechmaydi”, — deb ta’kidlaydi LexMobile xodimlari.

LexMobile xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, dasturga foydalanuvchilar ehtiyoj va talablaridan kelib chiqqan holda ko‘pgina foydali va qiziqarli qo‘shimchalar kiritish rejalashtirilgan.

"Mazkur mobil dastur orqali yaqin kelajakda Rossiya Federal soliq xizmati saytiga kirmasdan patent uchun to‘lov kvitansiyasini shakllashtirish, to‘lov o‘tkazish, shaxsiy STIRni aniqlash va boshqa ishlarni amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Bizlar uni ‘aqlli’ qilgan holda dasturga ‘eslatish’ funksiyasini kiritmoqchimiz. U muhojirni qachon patent uchun to‘lov o‘tkazishi lozimligi, registratsiya muddati qachon tugashi va mamlakatni tark etishi zarurligi haqida o‘z vaqtida ogohlantirib boradi. Bu esa mehnat muhojirlari tomonidan qonun buzilishini oldini oladi”, — deydi LexMobile xodimi.

Яндекс.Метрика