Meksikada dunyodagi eng og‘ir odam vafot etdi

Dunyodagi eng og‘ir odam hisoblangan Andres Moreno 25-dekabr, juma kuni Meksikaning Syudad-Obregon shahrida 38 yoshida vafot etdi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.

Morenos qarindoshlarining ma’lum qilishicha, uning o‘limiga yurak xuruji va qorin pardasining yallig‘lanishining asorati sabab bo‘ldi. Andres Moreno uni shaxsiy klinikaga olib borayotgan tez yordam mashinasida vafot etdi.

Joriy yilning oktabr oyida vazni 440 kilogramm atrofida bo‘lgan Moreno operatsiya qildirishga qaror qilgan edi. Jarrohlik amaliyoti Xalisko shtatining markazi Gvadalaxara shahridagi “Arboledas” shifoxonasida o‘tkazildi. Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tib, bemorning ahvoli hech qanday xavfni yuzaga keltirmadi.

Shunga qaramasdan, noyabr oyi o‘rtasida Moreno Syudad-Obregon shahridagi shifoxonalardan birida shoshilinch operatsiyani boshdan kechirdi. Dekabr oyida unga uyga ruxsat berilgan edi.

Ortiqcha vazn muammosi Morenoni tug‘ilgandan boshlab qiynab kelgan. Dunyoga kelgan paytda uning vazni olti kilogramm, o‘n yoshida esa 120 kilogramm, 20 yoshligida 170 kilogrammni tashkil etgan. U shifokorlar tomonidan tavsiya etilgan turli parhezlarga amal qilganiga qaramasdan, ulardan hech birining unga foydasi tegmagan.


Комментарии (0) | Добавить: 26.12.2015
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Babayan Tailand va Eronga qarshi o'yinlarga jalb etilgan futbolchilarni e`lon qildi. Yangi nomlar bor
Davlat test markazi rahbari o'zgardi
«Barselona» yangi formasini namoyish etdi
Toshkentda “Captiva” va “Prado” avtomobillaridan 7 mln so'mdan ortiq mol-mulkni o'g'irlagan shaxs ushlandi
Noutbuk xarid qilayotganda 10 ta ommaviy xato
Aholi soni bo'yicha Xitoy ortda qoldirildi
Nokia 9 rekord darajadagi operativ xotiraga ega bo‘ladi
Samsung suv tushishidan himoyalangan Galaxy Feel smartfonini namoyish qildi
1 iyundan boshlab "GM Uzbekistan" barcha avtomobillari so'mda sotilishi yo'lga qo'yiladi
Toshkentda oq qulupnay sotilmoqda
Yaxshi tayyorgarlik ko'ra olmagan Jahongir Otajonovning konsertni qanday o'tdi
Chiroyli sochlarning 5 dushmani
Tirsak va tizza terisiga yoshlikni qaytarish usullari
Forbes eng serdaromad futbolchilar kimligini ma`lum qildi
Chempionlar ligasi finali ilk bor tomi yopiq stadionda o'tkaziladi
Balotelli: "Oltin to'p"ni yutishim uchun Messi va Ronalduni o'ldirishim kerak
Shoygu o'zbekistonlik hamkasbiga G'alaba Bayrog'i nusxasini topshirdi
Organizmni tozalashga yordam beruvchi mahsulotlar nomi ma`lum qilindi
Ofis xodimlari uchun oddiy mashqlar to‘plami
Ertalabki shoshma-shosharlikni yengishning 9 ta yo‘li
Ramazon oyida to'g'ri taomlanish uchun foydali maslahatlar
TOP-7: Eng qimmatbaho mobil telefonlar
Samsung allaqachon «Star» nomli Galaxy S9 ustida ish boshlagan
Joriy yil uchun zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi
Tvorog insult va infarktning oldini olishda foydali
Internet orqali mahsulot xarid qilishda ehtiyot bo'ling
Markaziy bank boshqaruvi kimga o'tdi?
Usmonov Navalniyga qarshi: Shovqin kuchaymoqda
Ronalduga ancha ko'proq muddatga qamoq jazosi tahdid solmoqda
Sizga yoqmagan odamlar bilan qanday ishlash kerak?