У нас есть только
оригинальные песни

MEN SIZGA "MENI UNUTING" DEGANDIM...

calendar 11.10.2012
1946
   Men sizga "meni unuting" degandim.O'zimga esa sizni xech qachon eslamayman deb so'z bergan edim.Lekin va'damni ustidan chiqa olmadim.Sizni bir zumda bo'lsada esimdan chirqara olmadim.Sizni deb tunlar zor zor yig'lardim,xatto ko'zimda yosh qolmasdi.Mana yig'lashni ham bas qildim.Endi o'zgalarga kulib qaraydigan bo'ldim.Biroq qalbim hamon yig'lardi.Qalbim shunaqangi huvillab qolganki,unga na bir iliq so'z,na bir o'zganing iliq tafti darmon bo'lardi.Uning da'vosi yo'q.Da'vosi bor u ham siz rad etgan tuyg'ular.Nachora mana yashayapman,qalbimni armonlarga berib.Sizchi?Qanday yashayapsiz?Bilaman meni unutmagansiz .Shunday bo'lsada yonimga kela olmaysiz.Axir bu taqdirni o'zingiz tanladingiz-ku.Nima bo'lganda ham men sizni xech qachon unutmayman.To'g'ri siz siz yashashga qiynalyapman.Biroq sizni butunlay unutib yashash undan-da qiyin.Siz mening begonamsiz!Bu so'zni aytish qanchalar qiyinligini bilsangiz edi.Ammo ne qilay men sizni shunday atashga majburman.Ex azizim sizni qanchalar sevishimni bilmaysiz!Shuncha azob,sitamlar uchun sizdan minnatdorman.Zero sizsiz muxabbat neligini bilmasdim.Siz qalbimga kirib kelganingizda xayotim ostun ustun bo'lib ketgandek edi go'yo.Sizni judayam sog'indim!Ammo sizni o'ylashga xaqqim yo'q!Chunki siz o'zga insonni baxtisiz.Kurashish maydoniga kelganda esa o'zim qochdim sizdan.Bilmadim sizni sevishimga ishonmadimmi balki...Endi o'ylashni foydasi yo'qligini bilaman.Ha bu taqdir.Ammo sog'indim netay.Osmon uzoq yer qattiq.Muhabbat ha mana shu tuyg'u hayotimni kemirib bormoqda.Siz tufayli dunyo go'zalliklaridan baxra ololmayapman,hamroxim alam,qayg'u dard,sirdoshim esa yurak.Sog'inchim esa bariga ko'lanka.Sizni sevib sog'inishda davom etaveraman...

ZIYODABEGIM
Яндекс.Метрика